Seriya (geologiya)
Seriya (geologiyada) — mahalliy yoki regional stratigrafik shkala boʻlimining geologik svitalarga nisbatan yirik taksonometrik birligi. S. 2 va undan koʻp svitalarni birlashtiradi; quyidagi belgilar: togʻ jinslarining hosil boʻlish sharoitining oʻxshashligi (dengiz, kontinental, vulkanik va boshqalar), baʼzi bir jinslarning ustunligi (choʻkindi, metamorfik, vulkanik), strukturasining oʻziga xosligi (mineral zarralarni bir maromda joylashishi va boshqalar) kabilar bilan svitalardan farq qiladi. S.ning geologik kesimidagi svitalarning yotish sharoiti va nisbati turli koʻrinishda boʻladi. S. hajmi boʻyicha yagona shkalaning geologik boʻlimiga muvofiq kelishi mumkin. S.lar koʻpincha birbiri bilan yirik stratigrafik boʻlim orqali ajraladi yoki katta burchak ostida nomuvofiqyotadi. S.ning odatda stratotipi boʻlmaydi. Hajmi uni tashkil etgan svitalar hajmi yigʻindisiga teng. S. geografik joy nomi bilan ataladi. Mas, Ashina S.si (Ural rifeyida), Aravalli S.si (Hindistondagi Aravalli togʻ tizmasi nomidan), Vaterberg S.si (Janubiy Afrikadagi Vaterberg rayoni) va hokazo. Fargʻona botigʻida qalinligi 1030– 1220 m li massaget va baqtriya S.lari ajratiladi. Xorijda S. (serie) geologik boʻlimni ifodalaydi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |