Kontent qismiga oʻtish

Serkosporoz

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Serkosporoz — Cercospora avlodiga mansub zamburugʻlar qoʻzgʻatadigan oʻsimliklar kasalligi. Oʻsimlik barglarida turli oʻlcham, shakl va rangdagi dogʻlar paydo boʻlishi bilan tavsiflanadi. Kasallik kuchli rivojlanganda barglar qurib qoladi. Serkosporoz qoʻzgʻatuvchilari vegetatsiya davrida tarqaladi, oʻsimlikning zararlangan qoldiqdarida qishlaydi. Eng koʻp tarqalgan va zararlilari lavlagi, kartoshka, tok va mevali daraxtlar Serkosporozlaridir. Kurash choralari: kartoshka va lavlagi dalalarida hosil yigʻilgandan keyin maydonni tozalash, fosfor-kaliyli oʻgʻitlar bilan oziqlantirish, fungitsidlar purkash; mevali daraxtlar va toklarning zararlangan qismlarini va toʻkilgan barglarini yoqib yuborish; shoxlarni qirqish; fungitsidlar bilan ishlov berish kerak boʻladi.