Kontent qismiga oʻtish

Servomexanizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Servomexanizm (lot. servus xizmatkor, qul va mexanizm) — avtomatik rostlash tizimlarida qoʻshimcha manba energiyasi hisobiga birlamchi harakatning mexanik energiyasini kuchaytirib beradigan qurilma. S.ish kismi va boshqarish qurilmasidan iborat. Kichik energiyali birlamchi harakat S.ning boshqarish qurilmasi — zolotnik a ni siljitadi, ish qismi — gidravlik silindr b (servomotor) tashqi (qoʻshimcha) energiya isteʼmol qilgani uchun S. birlamchi harakatni kuchaytirib takrorlaydi. S.ni ishlatish uchun dvigatelning kiritish tizimidagi siyraklashish (vakuum S), havo bosimi (pnevmatik S.) va moy bosimidan (gidravlik S.) foydalaniladi. S. boshkarish tizimlarida, avtomobil, traktor va tanklarning tishlashish muftasi, uzatmalar kutisi, rul boshqarmasi hamda tormozlarida qoʻllanadi. [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil