Session messenjer
Session messenger (Oʻqilishi: Seshn messenjer) – Oxen ekosistemasiga tegishli ochiq kodli va anonim yozishma platformasidir, Sessionda foydalanuvchilar 10mb gacha boʻlgan media (tasvir, audio, video, ovozli xabar va h.k.)ni joʻnata oladi. Undan tashqari Sessionda qoʻngʻiroqlarni amalga oshirish mumkin(hozircha shifrlanmagan, lekin kelajakda qoʻshilishi mumkin). Session oʻz ichida boshdan-oxirigacha shifrlash sistemasi orqali ishlaydi(e2ee shifrlangan) va yuborilgan mediani (tasvir, audio, video va ovozli xabarni) metadatasini avtomatik tarzda oʻchiradi.
Dastur Android, IOS, Windows, MacOS va Linux sistemalarida mavjud.
Sessionning boshqa mesenjerlardan ajralib turadigan farqi, sizni identifikatsiya qilish uchun telefon raqam va yoki e-mail pochta talab qilinmasligida. Uning oʻrniga Session platformasida akkaunt ochganingizda sizni identifikatsiya qilish uchun 66talik kichik harflar va raqamlardan iborat random, ketma-ketlikda kelgan raqam va harflar bilan identifikatsiya qiladi. Undan tashqari Session sizning IP adresingizni onoin router tizimi orqalik avtomatik tarzda yashiradi.
Sessionni yaxshi tomonlari:
[tahrir | manbasini tahrirlash]1) Yuborilgan va yuborilayotgan xabarlarni boshidan-oxirigacha shifrlaydi(e2ee shifrlaydi).
2) Yuborilgan va yuborilayotgan mediani metadatasini avtomatik tarzda oʻchiradi.
3) Registratsiya uchun hech nima talab qilmaydi(pasport maʼlumotlar, telefon nomer, e-mail pochta va h.k.)
4) Kodini omma uchun ochiq qilib qoʻygan, kodida xatolikni koʻrgan inson ularga xabar berishi mumkin.
5) MITM va sifilla hujumlariga chidamlik
6) Koʻp qoʻllaniladigan va koʻpchilik tomonidan qoʻllanilishi tavsiya qilib kelingan Libsodium shifrlash tizimidan qoʻllanadi.
7) Barcha operatsion sistemalarda mavjud (Windows, Mac, Linux, Android va IOS)
Sessionni yomon tomonlari yoki kamchiliklari:
[tahrir | manbasini tahrirlash]1) 2FA(2 faktorlik autentifikatsiya)ni qoʻllab-quvvatlamaydi. Akkauntingizga kirish kalitini xakerlar qoʻlga kiritsalar, ularni chiqarib yubora olmaysiz va yoki sizdan tashqari (akkauntingizni) yana kim qoʻllanib turganini bila olmaysiz
2) Media yuborish hajmi (10mb)dan oshmaydi, bu boshqa messenjerlar bilan solishtirganda anchagina kam
3) Sessionning onion router tizimi orqali xabar yuborgani va yoki qabul qilgani uchun, yozishmalaringiz signal past joylarda oddiy messenjerlar bilan solishtirganda sekinroq ketadi/keladi.
4) Doʻstlaringiz Session qoʻllanib turganini ular sizga xabar bermagunlaricha bila olmaysiz, va ularga yozish uchun ularni 66talik ketma-ket kelgan raqam-harfli IDlarini bilishingiz kerak.