Sevilya minorasi
Sevilya minorasi | |
---|---|
Umumiy maʼlumot | |
Joylashuvi | Ispaniya, Sevilya |
Qurilishi boshlangan | 2014-yil |
Balandligi | |
Balandligi | 180,5 m |
Texnik holati | |
Qavatlar soni | 40 ta |
Dizayn va konstruksiya | |
Meʼmor | Sezar Pelli |
https://www.torre-sevilla.com/ https://www.cctorresevilla.com/ | |
Sevilya minorasi |
Sevilya minorasi (ispancha: Torre Sevilla) - Ispaniyaning Sevilya shahridagi ofis osmonoʻpar minorasi. Uning qurilishi 2008-yil mart oyida boshlangan va 2015-yilda yakunlangan[1]. Minora balandligi 180,5 metr, 40 qavatdan iborat. Ushbu ofis binosiga kirish Odiel koʻchasida joylashgan. Minora Andalusiya va Sevilya shahridagi eng baland bino boʻlib, Ispaniyadagi eng baland binolar roʻyxatida yettinchi oʻrinni egallaydi. 2015-yilgacha Sevilya minorasi Kajasol minorasi (ispancha: Torre Cajasol) yoki Pelly Tower (ispancha: Torre Pelli) loyiha muallifi Sezar Pelli nomi bilan atalgan.
Minora Kartuja orolida joylashgan bolib, 1992-yil aprel va oktabr oylari orasida Sevilyada boʻlib oʻtgan sobiq Butunjahon koʻrgazmasi boʻlib otgan hududda joylashgan. Osmonoʻpar bino daryo boʻyida 2000-yillarning boshidan beri obodonlashtirilgan hududda joylashgan. Minora ikki toʻrt qavatli bino bilan yonma-yon joylashgan boʻlib, ular argentinalik me'mor Sezar Pelli tomonidan ishlab chiqilgan. Bu binolarning qiyshiq qirralari shimol va janubga ochilib, markazda torayib, piyodalar savdo koʻchasini tashkil etuvchi maydonni tashkil qiladi[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Torre Sevilla: el edificio más alto de Andalucía busca identidad y contenido“ (Spanish). eldiario.es (19 февраля 2016). Qaraldi: 19 мая 2019.
- ↑ „Centro Comercial Torre Sevilla“. Qaraldi: 2019-yil 19-may.