Kontent qismiga oʻtish

Seysmorazvedka

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Seysmik chuqurlik

Seysmorazvedka - bu sunʼiy ravishda qoʻzgʻatilgan elastik to'lqinlar orqali ulardan foydalanib geologik va geofizik maʼlumotlarni olishga moʻljallangan geofizik qidirish. U 1920-yillarning boshlaridan beri foydalaniladi va yerning chuqur tuzulishini oʻrganiladi. Seysmorazvedka orqali foydali qazilmalar, konlar (neft va gaz konlari) aniqlanadi.Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi muammolarini hal qilishda va seysmik mikrozonalashda muhim hisoblanadi. Seysmik tadqiqotlarda yuqori aniqligi, olingan maʼlumotlarning kattaligi bilan ajralib turadi. Turli vazifalarni hal qilish boʻyicha seysmorazvedka:chuqurlik, strukturali, neftgazdi va muhandislik turlariga boʻlinadi.