Kontent qismiga oʻtish

Seysmotektonika

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Seysmotektonika (seysmo... va tektonika) — zilzilaning vujudga kelish geologik sharoitlarini oʻrganuvchi mustaqil fan sohasi. S. 20-asrda vujudga kelgan, asosiy vazifasi seysmik xavfni kamaytirish maqsadida zilzilalar genezisini oʻrganib, qayerda, qanday kuch bilan sodir boʻlishini bashorat qilishga qaratilgan. Illy cababdan S. Yer ostida boʻlayotgan geodinamik jarayonlar oqibatida zilzila oʻchoklarining shakllanish xususiyatlarini oʻrganadi. Bu xususiyatlar koʻproq tebranishlar boʻladigan joyning geologik tuzilishiga, qatlamlarning deformatsiyasiga, tektonik struktura va uzilmalarning rivojlanish shart-sharoitlariga bogʻliq. S.ning asosiy tadqiqot xududlariga Alp davri va hozirgi zamon tektonik harakatlarning faollinishi natijasida rivojlanayotgan Oʻrta dengiz tizma togʻlari, Tinch okean burmalanish oblastlari, qitʼalarda joylashgan epiplatforma, epigeosinklinal orogenlari, rift zonalari kiradi. Oʻrta Osiyo hududida olib borilgan izlanishlar natijasida kontinental Yer poʻstidagi tektonik zilzilalar energiyasi seismogen geologik strukturalarning tiplari bilan bogʻliqligi qonuniyati kashf etildi. Bu kashfiyot "Gubinning seysmotektonika qonuni" deb ataladi. Eng kuchli zilzilalar Yer sharining ana shu hududlarida namoyon boʻladi. Zilzilalar genezisini oʻrganishda olingan maʼlumotlar asosida seysmik hududlashtirish haritalari tuziladi (qarang Seysmik harshpalar).

Ad:. Ibragimov R. N., Seysmotektonika Ferganskoy vpadini, T., 1970.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil