Sfaks
Qiyofa
Sfaks — Tunisning sharqiy sohilidagi shahar. Sfaks viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 248,8 ming kishi (1998). Shosse yoʻllar tuguni. Temir yoʻl stansiyasi. Oʻrta dengiz boʻyidagi port, chetga fosforit va qishloq xoʻjaligi. mahsulotlari chiqariladi. Oziqovqat, toʻqimachilik, kimyo (superfosfat ishlab chiqarish.), metallsozlik, koʻnpoyabzal sanoatlari korxonalari bor. Kustar usulda gilam toʻqiladi va saxtiyon teri ishlab chiqariladi. Qishloq xoʻjaligi rayoni (zaytun plantatsiyalari) markazi. Hunarmandchilik rivojlangan. Sfaks rimliklar shahri oʻrnida 9-asrda bunyodga kelgan. Rim va Vizantiya davrida qurilgan meʼmoriy yodgorliklardan shahar devori (9-asr), saroylar, Katta masjid (9-asr) sakdangan. Xalq sanʼati muzeyi bor.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |