Shahadat Hussain
Shahadat Hussain
| |
---|---|
Tugʻilgan | 1893 yil |
Oʻlgan | 1953 yil (yosh 59 – 60) |
Millati | hind |
Kasb-hunar | Shoir |
Shahadat Hussain (1893-1953) hind bengal tilida ijod qiluvchi shoir va adib.
Biografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shahadat Hussain Hindistonning Gʻarbiy Bengaliya qismidagi Chabbish Paragana shahrida tugʻilgan. 1915-yilda Hussain Bani Sommiloniyda shoirlik olamiga kirib keldi va ilk sh’erlarini chop eta boshladi. 1931-yilda Shahadat Hussain, Kalkuttadagi Ein Omanno Andolon shaharchasida Britaniya hukumatiga qarshi harakatda ishtirok etdi hamda baʼzi siyosatga qarshi gaplar aytdi, shu sababli ham, Shahadat Hussain uch oylik qamoq jazosiga hukm etildi[1]
Ishlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shahadat Hussain shoir, yozuvchi, dramaturg va qissa singari badiiy uslublarda ijod qiluvchi bengal adiblaridan biri edi[1]. U Rabindranat Tagorning yozganlaridan ilhomlangan holda oʻz asarlarini yaratgan.
Sheʼriyat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shahadat Hussainning Mridongo, Kolpolexa, Rupochanda, Modhuchanda nomli sheʼriy kitoblari nashrdan chiqqan va hind xalqi tomonidan ijobiy baholangan[2].
Romanlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shahadat Hussain shuningdek bir qator romanlar muallifi hamdir. Jumladan, uning Morur Kusum, Xiron Rekha, Parer Pothe, Pother dekha singari asarlari bir necha nusxada bosmadan chiqqan. Shahadat Hussainning Shiri Farhad, Laili Majnu va Yousuf Julaykha singari dostonlari ayniqsa mashhur boʻlgan. Shahadat Hussain garchi xamsachilik anʼanalariga munosib tarzda xamsa asarini yaratmagan boʻlsa ham, uning asosiy uch romaniga munosib tarzda hindiycha romanlarini yozgan[1].
Dramalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shahadat Hussainning Sorforaj Xon, Anar Koli, Masnader Moho singari birqator tarixiy dramalari ham mavjud.
Bolalar uchun yozgan asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shahadat Hussain bolalar uchun ham kitoblar yaratgan. Ayniqsa uning Mohon Vog, Cheleder Golpo, Gulbadan va Jahanara nomli kitoblari, maktab oʻquvchilari va kichik yoshdagi bolalar uchun eng yaxshi kitoblar sirasiga kiradi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 Anjali Basu. {{{title}}} (bn). Sahitya Samsad, 1976.
- ↑ „Shahadat Hussaini kitoblari“. Qaraldi: 2022-yil 4-sentyabr.