Shahlo Temirova
Shahlo Temirova | |
---|---|
Tavalludi |
Temirova Shahlo Zayniddinovna 1989-yil 12-aprel |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston, O'zbek |
Kasbi | Aktrisa |
Janr | Melodramma, komediya |
Faoliyat yillari | 2008-yildan beri |
Yoʻnalish | teatr aktrisasi |
Bolalari | 2-ta qizi |
Mukofotlari | "E'TIROF" (2015-yilda) |
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Temirova Shahlo Zayniddinovna 1989-yil 12-aprelda Samarqand viloyatining Oqtosh tumanida dunyoga kelgan. Oilada oʻrtancha farzand boʻlib, bir akasi va bir singlisi bor. Oʻquvchilik yillarida Toshkent shahrining Sirgʻali tumaniga koʻchib keladi. Maktabda oʻqib yurgan paytlarida raqs, fortopiyanina chalish toʻgaraklariga qatnay boshlaydi. Shahlo Temirova 2007-2011-yillar Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida tahsil olgan. Oʻqish jarayonida „Mariya“ spektaklida Mariya, „Kuzning birinchi kuni“da Qiz rollarni ijro etgan.[1]
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shahlo Temirova oilali. Aktrisaning bugungi kunga kelib ikki nafar qizi bor. 2016-yilda aktrisa oʻzining Ilhom ismli kursdoshi bilan oila quradi. Shahlo Temirova teatr aktrisasi faoliyatidan tashqari turli film va seriallarda rollarni ijro etish, reklama, bayram va oqshomlarda boshlovchilik qilish bilan ham shugʻullanadi.
Kino sanoatidagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shahlo Temirova oʻzbek milliy teleradiokompaniyasi tomonidan namoyish etilgan „Yollangan sovchi“, „Oʻjar kelin“, „Janob qorovul“, „Qoʻchqor akamning koptogi“, „Yoningdaman ota“, „Baxt uyi“, „Yor tafti“, „Yuragim seniki“, „Shukrona“ kabi filmlarda obrazlar ijro etdi. Shaxlo Temirova shuningdek, „Yuragim seniki“, „Shukrona“, „Yollangan sovchi“, „Oʻjar kelin“, kabi filmlarda obrazlar ijro etgan. Ular orasida eng salmoqli va mashxur filmlarga „Said bilan Saida“, „Baron“, Shuxrat Abbasovning „Dilor Dilor dil va or“, „Oppoq orzular“ kabi filmlarni keltirish mumkin.[2]
Filmlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Nomi | Rol |
---|---|---|
2011 | Er bermoq jon bermoq 2 | "Nodira" |
2012 | "Yollangan sovchi” | "Asal" |
2012 | "Parizod" | epizod |
2012 | "Onaginam orzusi” | epizod |
2012 | "Dilor, Dilor, Dil va Or” | "Dilor" |
2012 | "O'jar kelin" | "Laylo" |
2012 | "Janob qorovul” | "Shahlo" |
2012 | "Baxt uyi" | "Xoshimova" |
2013 | "Qoʻchqor akamning koptogi" | "Sarvinoz" |
2014 | "Yoningdaman ota" | "Nodira" |
2014 | "Yor tafti" | epizod |
2015 | "Yuragim seniki" | epizod |
2019 | "Said va Saida" | "Saida" |
2019 | "Parallel kesishmaydi" | "Munisa" |
2016 | Baron | "Nigora" |
2013 | Bekatdagi odam | epizod |
2013 | Tasodif | "Nazokat" |
2014 | "Gumrohlari" | epizod |
2015 | "Ota" | "Nodira" |
2016 | Yolgʻizlar | "Nigora" |
2017 | Er bermoq jon bermoq 2 | "Nodira" |
2018 | Oppoq orzular | "Nigora" |
2018 | "Tanxoyimsan" | epizod |
Seriallari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Nomi | Rol |
---|---|---|
2011 | "Jiyda guli" | "Asal" |
2013 | "Uy bekasi" | Uy bekasi |
2019 | "Shukrona" | epizod |
2020 | " Sabru sadoqat" | epizod |
2021 | "Najotkorlar" | epizod |
Teatrdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shaxlo Temirova jamoat ishlarida ham faol qatnashib, oldiga qoʻyilgan har bir vazifani halol bajaradi. Jamoa uni isteʼdodli aktrisa sifatida hurmat qiladi. 2015-yil „Eʼtirof“ mukofoti sovrindori yilning eng yaxshi teatr aktrisasi nominatsiyasi gʻolibi. Shahlo Temirova Oʻzbek Milliy akademik drama teatrida sahnalashtirilgan „Kunduzsiz kechalar“da Qiz kabi koʻplab rang-barang rollar ijro etib tomoshabinlarning olqishlariga sazovor boʻlib kelmoqda.[3] 2014-yildan Milliy teatrda faoliyat olib boradi. Shahlo Temirova Oʻzbek milliy akademik drama teatrida sahnalashtirilgan „Koʻngil“ spektaklida kelin, „Andishali kelinchak“da kelin, „Tong otgan taraflar“da Oyyorugʻ, „Omon boʻlgin, azizim!“da yoshligi, „Yigʻloma qiz“da Gulnafis, „Oʻtkan kunlar“da Kumush, „Oʻzbekcha raqs“da kichkina kelin, „Ogoh boʻling, odamlar“da Nafisa, „Yangi yil sarguzati“da qorqiz, „Rustam“da joriya, „Kunduzsiz kechalar“da qiz, „Quyoshni sen uygʻotasan“da qiz, „Qumda sevgi jilolari“da qiz kabi rollarni ijro etdi.[4]
Teatrda ijro etgan roʻllari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Nomi | Rol |
---|---|---|
2010 | "Mariya" | "Mariya" |
2010 | "Omon boʻlgin yoshligim" | Yoshlik |
2011 | ""Kuzning birinchi kuni”” | Qiz |
2013 | "Koʻngil" | Kelin |
2014 | ""Andishali kelinchak”” | Kelin |
2012 | "Oʻzbekcha raqs" | Kichkina kelin |
2014 | "Rustam" | Joriya |
2014 | "Kunduzsiz kechalar" | "Mariya" |
2015 | "Quyoshni sen uygʻotasanda" | Qiz |
2010 | "Unda sevgi jilovlari" | Qiz |
2013 | "Yangi yil sarguzashti" | Qor qiz |
2014 | "Oʻtkan kunlar" | "Kumush" |
2012 | ""Tong otgan taraflar”" | "Oyyorugʻ" |
2012 | ""Yigʻlama qiz”” | "Gulnafis" |
2012 | "Ogoh boʻling odamlar" | "Nafisa" |
2013 | "„Kunduzsiz kechalar“" | Qiz |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Shahlo Temirova“. video.anarim.az. Qaraldi: 22-avgust 2022-yil.
- ↑ „Shahlo Temirova“. www.kino-teatr.ru. Kino Teatr (23 авг. 2021 г.). Qaraldi: 22-avgust 2022-yil.
- ↑ „Shahlo Temirova haqida“. buluteka.com. BULUTEKA (2022). 2021-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-avgust.
- ↑ „Shahlo Temirova“. muz.uz. LET MEDIA. Qaraldi: 22-avgust 2022-yil.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekiston milliy akademik drama teatri[sayt ishlamaydi]