Shahnoza Soatova
Shahnoza Soatova | |
---|---|
Tavalludi |
2-avgust 1977-yil |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Taʼlimi | Toshkent davlat universiteti (hozirda Oʻzbekiston milliy universiteti) |
Kasbi | bloger, jurnalist, filolog |
Faoliyat yillari | 1999-yildan hozirgacha |
Millati | oʻzbek |
Dini | islom |
Bolalari | 2 ta |
Mukofotlari |
Wikimedia Commonsda Category:Shahnoza Soatova mavzusiga oid fayllar bor. |
Shahnoza Mirzarahimovna Soatova (1977-yil 2-avgust; Toshkent, OʻzSSR, SSSR) — jurnalistlik tajribasiga ega taniqli oʻzbek blogeri[1], kolumnisti[2] va jamoatchilik faoli. Ijtimoiy tarmoqlardagi „Shahnoza Soatova blogi“ sahifalari blogeri sifatida tanilgan. „Yuksalish“ umummilliy harakatining Ijtimoiy va iqtisodiy tashabbuslar instituti ekspertlari bilan hamkorlikda eʼlon qilgan „Oʻzbekistonning soʻnggi yillardagi jamoatchilik faollari Top-30 talik“ roʻyxatida qayd etilgan (2019). „Shuhrat“ medali sohibasi (2020). Oʻzbekiston prezidentining qoʻlidan davlat mukofotini olgan birinchi bloger[3][4].
Shahnoza Soatova uzoq yillik noshirlik va muharrirlik tajribasiga ega boʻlib, koʻpgina jurnallarda, radioda va nashriyotlarda faoliyat yuritgan. Kitoblar va amaliy qoʻllanmalar yozgan. 2018-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ishlay boshlagan. Hozirda Adliya vazirining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Gender tenglik qoʻmitasi qoshidagi Ekspertlar kengashi aʼzosi.
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shahnoza Soatova 1977-yil 2-avgustda Toshkentda tavallud topgan[2]. Oilada 3 farzandning toʻngʻichi, 2 ta ukasi bor. Bolaligi Uchtepa tumanidagi „Oqmachit“ mahallasida oʻtgan. Otasini erta yoʻqotgan[5].
1994-yili Toshkent davlat universitetining (hozirda Oʻzbekiston milliy universitetining) oʻzbek filologiyasi fakultetiga oʻqishga kiradi va 1999-yilda mazkur fakultetni tamomlaydi[2]. Filologiya fanlari doktori, professor Begali Qosimov rahbarligida „Shoʻro“ jurnalida „Turkiston adabiyoti materiallari“ mavzusida ilmiy izlanishlar olib boradi.
Shahnoza Soatova uzoq yillik noshirlik va muharrirlik tajribasiga ega boʻlib, Hamshira (1999—2000), Yosh kuch (2000—2004), Ob (2006—2009) jurnallarida, Zamin radiosida (2005—2006), Golden pages (2009—2011), Akademnashr (2011—2014), Spectrum (2015—2017) va Maʼnaviyat (2017—2018) nashriyotlarida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. Maʼnaviyat nashriyotining bosh muharriri sifatida bir qator maktab darsliklari va qoʻllanmalarning chop etilishiga rahbarlik qilgan. Oʻzi ham „Ayol baxti sirlari“, „Islohotlar davrida ommaviy axborot vositalari: axborot transformatsiyasi va kasb etikasi muammolari“, „Mahalliy kengashlar deputatlari uchun qoʻllanma“, „Mediasavodxonlik va Fake-news: huquq va masʼuliyat chegarasi“ nomli kitoblari va amaliy qoʻllanmalarini chop ettirgan. 2018-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ishlay boshlagan. Hozirda Adliya vazirining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi[2][1] hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Gender tenglik qoʻmitasi qoshidagi Ekspertlar kengashi aʼzosi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „„Darrov ayolni ayblay boshlamaslik kerak“ – „Oʻzbekoyim“da Shahnoza Soatova“. Kun.uz (8-mart 2020-yil). Qaraldi: 27-iyun 2022-yil.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 „Блогер Шахноза Соатова назначена советником министра“. Xabar.uz (21-fevral 2020-yil). Qaraldi: 27-iyun 2022-yil.
- ↑ „Prezidentning qoʻlidan mukofot olgan birinchi bloger“. Xabar.uz (28-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 27-iyun 2022-yil.
- ↑ „Turli soha vakillari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Koʻksaroydagi tadbir taassurotlari“. Kun.uz (28-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 27-iyun 2022-yil.
- ↑ „Islom Karimovga yozilgan xat, soʻm-kuponlar, 7 yoshda 3-sinf - bolalik xotiralari“. Kun.uz (1-iyun 2022-yil). Qaraldi: 27-iyun 2022-yil.