Shahzoda Kaspian
Asl nomi | Prince Caspian |
---|---|
Muallif(lar) | Kliv Steples Luis |
Til | inglizcha |
Janr(lar)i | Bolalar adabiyoti Fentezi |
Sahifalar soni |
195 pp (first edition)[1] 44,740 words (US)[2] |
ISBN | 978-0-00-671679-2 |
Shahzoda Kaspian (dastlab shahzoda Kaspian: Narniyaga qaytish nomi bilan nashr etilgan) Klayv Steyplz Lyuis tomonidan yozilgan, 1951-yilda Jeffri Bles tomonidan nashr etilgan, bolalar uchun mo'ljallangan yuqori fantastik roman. Bu "Narniya yilnomalari" (1950—1956) dagi yettita romandan ikkinchi bo'lib nashr qilingani bo'lib, Lyuis uni 1949-yilda, birinchi kitob nashr qilingunicha yozib tugatgan bo'lgan.[3] U kitoblarning oxirgi vaqtlarda chiqarilayotgan, ichki xronologiyaga ko'ra ketma-ketlashtirilgan seriyasida to'rtinchi jilddir. Seriyadagi boshqa kitoblar singari, u Pauline Baynes tomonidan illyustratsiyalangan va uning ishi keyingi ko'plab nashrlarda saqlanib qolgan.
Shahzoda Kaspian birinchi romandagi to'rtta Pevensi bolalarining "Narniyaga qaytishi" haqida bo'lib, voqealar Angliyada taxminan bir yildan so'ng, Narniyada bo'lsa 1300-yildan keyin yuz beradi.[izoh 1] Bu Yilnomalarning Narniyada odamlar hukmronlik qiluvchi yagona kitobidir. Gapiruvchi hayvonlar va afsonaviy mavjudotlar ezilgan va ba'zilari xavf ostida bo'lishi mumkin. Ingliz aka-uka, opa-singillar, Narniyaning afsonaviy Qirollari va Qirolichalari qochqin shahzoda Kaspian tomonidan sehrli tarzda yana qayta chaqiriladi.
Macmillan US bir yil ichida Amerika nashrini chiqargan.
Shahzoda Kaspian 1989-yilda BBC teleserialining ikkita epizodi va 2008-yilda badiiy film sifatida moslashtirilgan va suratga olingan .
Qisqacha syujet
[tahrir | manbasini tahrirlash]Piter, Syuzan, Edmund va Lyusi Pevensi sehrli tarzda Britaniya temir yo'l vokzalidan eski va vayron bo'lgan qal'a yaqinidagi plyajda paydo bo'lib qolishadi. Ular xarobani bir vaqtlar o'zlari Narniyaning qirol va qirolichalar sifatida boshqargan Cair Paravel deb baholaydilar. Ular Piterning qilichi va qalqoni, Syuzanning kamon va o'qlari, Lyusining xanjari va sehrli shishasi saqlanadigan xazina omborini topadilar. Syuzanning yordamga chaqiruvchi burg'usi yetishmasdi, chunki Narniyaga oldingi tashrifidan keyin Angliyaga qaytib kelgan kuni uni o'rmonda qoldirgandi. Angliyada atigi bir yil o'tgan bo'lsa-da, Narniyada 1300-yil o'tgandi. [izoh 1]
Bolalar gnom Trampkinni cho'ktirmoqchi bo'lgan askarlar qo'lidan qutqaradi. Trampkin bolalarga Narniyaning ular g'oyib bo'lganidan keyingi tarixini so'zlab beradi: Telmarinlar hozirda qirol Miraz va uning rafiqasi qirolicha Prunaprismiya tomonidan boshqariyotgan Narniyani zabt etishadi. Miraz o'zining ukasi, shahzoda Kaspianning otasi qirol Kaspian IX ni o'ldirib, taxtni egallab oladi. Miraz qonuniy merosxo'r shahzoda Kaspianga o'z o'g'li tug'ilgunga qadar chidaydi. Kaspian Miraz qal'asidan ustozichisi doktor Korneliyning yordami bilan qochib ketadi, u shahzodaga Eski Narniya haqidagi bilimlarni o'rgatadi va unga qirolicha Syuzanning burg'isini beradi. Kaspian o'rmonga qochib ketadi, biroq uning oti qo'rqib yugurayotganda hushidan ketib tushib qoladi. U gapiradigan bo'rsiq Tryufflhanter va Kaspianni o'zlariga qirol sifatida qabul qilgan ikki gnom, Nikabrik va Trampkinning inida uyg'onadi.
Bo'rsiq va gnomlar Kaspianni Eski Narniyaning ko'plab jonivorlari bilan uchrashtirish uchun olib borishadi. Yarim tunda bo'lib o'tgan kengash paytida doktor Korneliy ularni shoh Miraz va uning qo'shini yaqinlashayotganidan ogohlantirish uchun yetib boradi; u ularni Cair Paravel yaqinidagi yirik o'rmonlardagi Aslanning Tepaligiga qochishga undaydi. Telmarinliklar Narniyaliklar ortidan Tepalikkacha borishdi va bir nechta to'qnashuvlardan so'ng narniyaliklar mag'lub bo'lishga yaqin qolishadi. Ikkinchi urush kengashida ular yordam olib keladi degan umidda qirolicha Syuzanning burg'isini chalishga qaror qilishadi.
Trampkin va Pevensilar Kaspian tomonga yo'l olishadi. Yo'l qiyin bo'lib chiqadi, lekin Aslan Lyusiga ko'rinadi va unga orqasidan qolganlarni boshlashni buyuradi. Aslan Piter, Edmund va Trampkinni Aslan Tepaligiga bu yerda bo'layotgan xiyonat bilan shug'ullanish uchun yuboradi va Syuzan va Lyusi bilan yo'lga chiqadi.
Piter, Edmund va Trampkin yetib kelishadi va Kaspianga tahdid solayotgan mavjudotlarni haydab chiqarishadi yoki o'ldirishadi. Piter Mirazni yakkama-yakka kurashga chaqiradi: bu duelda g'olibning qo'shini urushda g'olib deb hisoblanadi. Miraz lordlar Glozell va Sopespian kuzatuvidagi chaqiruvni qabul qiladi. Miraz jangda yutqazadi, lekin Glozell va Sopespian narniyaliklar g'irrom ishlatishdi deb qaror qilishadi. Lordlar Telmarin qo‘shiniga hujum qilishni buyuradilar va shundan keyingi to'polonda Glozell Mirazning orqa qismiga pichoq uradi. Aslan Lyusi va Syuzan hamrohligida Bakx va Silen xudolarini chaqiradi va ularning yordami bilan o'rmonlarni jonlantiradi. Xudolar va uyg'ongan daraxtlar jang oqimini o'zgartirib, Telmarinlarni qochirib yuborishadi. Telmarinlar ko'priklari Bakx tomonidan vayron qilingan Buyuk daryoda o'zlarini o'rab olinganliklarini bilib, taslim bo'lishadi.
Aslan Telmarinlarga Kaspian boshqaruvi ostidagi Narniyada qolish yoki asl uyi bo'lgan Yerga qaytish tanlovini beradi. Bir ko'ngilli Aslan tomonidan yaratilgan sehrli eshikdan g'oyib bo'lgandan so'ng, Pevensilar boshqa Telmarinlarni ishontirish uchun o'tishadi, ammo Piter va Syuzan Edmund va Lyusiga Narniyaga qaytish uchun o'zlarining juda qariganliklarini aytishadi. Pevensilar o'zlarini temir yo'l stantsiyasi qaytganliklarini anglaydilar.
Qahramonlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Lyusi Pevensi, Pevensilarning eng kichigi, Aslanni yana birinchi bo'lib ko'radi.
- Edmund Pevensi uchinchi Pevensi farzandi. Aka-opasidan dan farqli o'laroq, u Lyusining Aslanni ko'rganiga ishonadi va ularning birinchi sarguzashtlarida singlisi haq bo'lib chiqqanini va o'zi oxir-oqibat ahmoq bo'lib chiqqanini ta'kidlaydi.
- Piter Pevensi, Pevensi aka-ukalarining eng kattasi, Narniyaning oliy qiroli.
- Syuzan Pevensi Pevensi bolalarining ikkinchi yoshi kattasi. U kamon va o'qdan foydalanadi.
- Shahzoda Kaspian, qonuniy Telmarin qiroli, u Narniya qiroli bo'ladi. U seriyadagi keyingi ikkita kitobda qaytadan paydo bo'ladi: Olam oxiriga sayohat va Kumush stul, va "So'nggi jang" oxirida qisqa paydo bo'ladi.
- Aslan, Narniyani yaratgan Buyuk Arslon.
- Miraz, Kaspianning amakisi, Telmarinlar taxtini egallab oladi. Miraz o'g'li yo'q bo'gani uchun Kaspianni merosxo'r sifatida qabul qiladi, lekin o'g'il tug'ilgach, Kaspianni yo'q qilishga harakat qiladi. U Kaspianni qo'llab-quvvatlovchi eski Narniyaliklar bilan jang qiladi va muammoni hal qilish uchun Piter bilan yakkama-yakka jang qilish taklifini qabul qiladi; lekin u dueldan keyin lord Glozel tomonidan xoinlarcha bilan o'ldiriladi.
- Trampkin Kaspianga Mirazni mag'lub etishda yordam beruvchi qizil gnom. Mirazning askarlari tomonidan asirga olinib, cho'ktirish uchun Cair Paravelga olib ketilganda, u Pevensi bolalari tomonidan qutqariladi va ularni Kaspianga olib boradi. Romanning boshida u Aslan va qadimgi qirollar va qirolichalarning mavjudligiga mutlaqo shubha bilan qaraydi, lekin hikoya davomida fikrini o'zgartiradi.
- Yarim gnom va yarim inson bo'lgan doktor Kornelius Kaspianga o'qituvchi bo'lib, Narniyaliklarning Telmarinlarni mag'lub etishida yordam beradi.
- Ripichip, Gapiruvchi Sichqon (oldingi kitobda Aslanni bog'lanishdan ozod qilgan va shu tariqa nutq in'omiga ega bo'lgan, gapirmaydigan sichqonlardan kelib chiqqan) qo'rqmas qilichboz va Aslan va Kaspianning sodiq tarafdori.
- Nikabrik Kaspian qo'shinidagi qora gnom, Kaspian bilan birga jang qilishdan bosh tortadi. U Hag va Ver-bo'ri bilan birgalikda qora sehr orqali Telmarinlarga qarshi Oq jodugarni tiriltirishni rejalashtiradi, lekin uchovi ham Kaspian va uning ittifoqchilari tomonidan o'ldiriladi.
- Trufflehunter, Gapiruvchi Bo'rsiq, Aslan va Eski Narniyaga ishonadi va Mirazga qarshi kurashda shahzoda Kaspianga yordam beradi.
- Bakx va Silen, Narniya o'rmon xudolari (Qadimgi Yunonlardan olingan).
- Lord Sopespian va Lord Glozell, Telmar lordlari. Miraz tomonidan haqorat qilinganidan so'ng, ular uni Piterning chaqirig'ini qabul qilishiga manipulyatsiya qilishadi. Ular Miraz yiqilganda xiyonatkorona yig'laydilar va Glozell uning orqa qismiga yashirincha pichoq uradi. Umumiy jang boshlanganda Sopespianning Piter tomonidan boshi tanidan judo qilinadi, ammo Lyuis Glozelning taqdiri haqida aytib o'tmagan.
Mavzular
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hikoyaning ikkita asosiy mavzusi - jasorat va sadoqat bo'lib, Lyuisning o'zi amerikalik qizga yozgan maktubida aytganidek, "buzg'unchilikdan keyin haqiqiy dinning tiklanishi".[4]
Kitobda tasvirlangan Telmarinlarning Narniyani zabt etishi ko'p jihatdan tarixiy Normanlarning Angliyani bosib olishiga o'xshaydi. Garchi ingliz tarixida ushbu kitobning o'ziga xos voqealariga aniq parallellik mavjud bo'lmasa-da, yakuniy natija - "Qadimgi Narniyaliklar" va Telmarinlarning yagona xalq bo'lib, birgalikda yashashlari - saksonlar va normanlarning oxir-oqibat birlashib yagona ingliz xalqiga aylanishlari tarixiy jarayoniga o'xshaydi.
Adaptatsiyalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]BBC shahzoda Kaspianni 1989-yilgi "Narniya yilnomalari" serialining ikkita epizodiga adaptatsiyalaydi.
Walt Disney Pictures va Walden Media filmlari seriyasining ikkinchisi "Narniya yilnomalari: Shahzoda Kaspian" nomi bilan 2008-yil 16-mayda AQShda chiqarilgan. Buyuk Britaniyadagi chiqarilish sanasi 2008-yil 26-iyun edi.
Kitob Billy Breathesning Phish albomidagi xuddi shu nomdagi qo'shiq uchun ilhom manbai bo'lgan.[5]
Sahna adaptatsiyasi uchun ssenariy Erina Karadus tomonidan yozilgan va birinchi marta 2007-yilda ijro etilgan.[6]
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Eslatmalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]<ref>
tag in <references>
has conflicting group attribute "izoh".Foydalanilgan adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ "Bibliography: Prince Caspian". ISFDB. Retrieved 8 December 2012.
- ↑ „Scholastic Catalog – Book Information“. 2014-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-iyun 2014-yil.
- ↑ Roger Lancelyn Green & Walter Hooper, C. S. Lewis: A Biography, 2002, p. 309.
- ↑ Walter Hooper, ed. The Collected Letters of C. S. Lewis, Volume III, p. 1245.
- ↑ „Rock on, CS Lewis“. belfasttelegraph. Qaraldi: 13-avgust 2020-yil.
- ↑ Narnia Productions. narniaproductions.co.nz (Dunedin, New Zealand). Retrieved 10 December 2012. The homepage now promotes the last of four productions, The Voyage of the Dawn Treader (2008). Information about the four numbers varies.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Downing, David C.. Into the Wardrobe: C. S. Lewis and the Narnia Chronicles. San Francisco: Jossey-Bass, 2005. ISBN 978-0-7879-7890-7.
Andoza:Narnia
Manba xatosi: <ref>
tags exist for a group named "izoh", but no corresponding <references group="izoh"/>
tag was found