Shahzoda Eduard oroli
Qiyofa
(Shahzoda eduard orolidan yoʻnaltirildi)
Geografiya | |
---|---|
Maydoni | 5620 km2 |
Dengiz sathidan balandligi | m. |
Eng baland nuqtasi | Hunter River |
Ma'muriyat | |
Davlat | Kanada |
Mintaqa | Kanada |
Demografiya | |
Aholisi | 152 784[1] va 154 331[2] |
Qo'shimcha ma'lumot |
Shahzoda eduard oroli - Kanadaning sharqiy qismidagi provinsiya, San-Lavrentiy qoʻltigʻidagi shu nomli orolda. Maydoni 5,6 ming km². Aholisi 139,9 ming kishi (2002). Maʼmuriy markazi va asosiy porti — Sharlottaun shahri Eng baland joyi 137 m. Igna bargli va keng bargli oʻrmonlar bor. Shimoliy sohillarida milliy bogʻlar tashkil etilgan. Xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — qishloq xoʻjaligi Kartoshka, shuningdek, sabzavot va mevalar, tamaki yetishtiriladi. Chorvachilik rivojlangan. Aholi moʻynachilik bilan shugʻullanadi. Baliq ovlanadi. Oʻrmonchilik va yogʻochsozlik sanoati korxonalari bor. Turizm rivojlangan. Materik bilan temir yoʻl paromi orqali bogʻlangan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |