Kontent qismiga oʻtish

Shaki xon saroyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shaki xon saroyi
Fotoda saroyning fasadi va ichki koʻrsatilgan.
Mamlakat Ozarbayjon
Shahar Shaki
Tegishli Tarixiy -meʼmorchilik obidalarini muhofaza qilish bosh davlat mahkamasi
Meʼmor Hoji Zaynobiddin Sheroziy [eslatma 1]
Asoschi Muhammad Hasanxon [eslatma 2]
Qurilish vaqti 1790-1797 [eslatma 3]
Uslubi Ozarbayjon meʼmorchilik uslubi asosida
Holati muzey
UNESCO muhofazasiga olingan
Rasmiy nomi: Shaki, the Khanʼs Palace
Turi Madaniy
Mezonlari i, vi, v
Tayinlangan 2001
Manba nomeri 1576
Davlat Ozarbayjon
Hudud Yevropa
Ozarbayjondagi tarixiy obidalarni ro‘yxatga olish
Manba nomeri 20
Turi saroy
Ahamiyati Dunyo ahamiyatida
Saroyning rejasi

Shaki xon saroyi — Ozarbayjon Respublikasining Shaki shahridagi tarixiy sanʼat meʼmoriy yodgorligi bo‘lib, dunyo madaniyati obidalari ro‘yxatiga kiritilgan. Minoralari qalin devorlar bilan himoyalangan ikki qavatli bu bino olti xona, to‘rt dahliz, ikki oynali ayvondan tashkil topgan. Obida ilgari „Devonxona“ deb nomlangan. 1819-yilda Shaki xonligining ruxsati bilan bu binoda shahar mahkamasi joylashgan. Hozirgi kunda esa bino muzeyga aylantirilgan. Shaki xon saroyining boshlig‘i mulla Panoh Voqif bo‘lgan. Mazkur saroyning bunyod etilishi bilan bog‘liq bir necha rivoyatlar bor. Aytilishicha, Shaki xoni o‘ziga dunyodagi eng maftunkor va mustahkam saroy qurdirmoqchi bo‘ladi. Saroyning qurilishi tugagach xon meʼmordan „Sen bundan-da yaxshisini qura olasanmi?“, — deb so‘raydi. Meʼmor „ha“ deya javob beradi. Bundan g‘azablangan xon meʼmorni qatl ettiradi.[1]

Hozirgi davrda

[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Shaki xon saroyi“ nomi bilan tanilgan mazkur obida — „Muhammad Hasanxon devonxonasi“ Muhammadhasanxon tomonidan bunyod etilgan. Binoning qurilishi 1789-1790-yillarda boshlangan. Ko‘p yillar uning qurilishi tarixi yanglishib „Shaxinovlarning uyi“ning („Mushtoq imorati“ — „Qo‘rg‘oshinli xona“) bunyod etilish tarixi bilan adashtirilgan. Saroyning qurilishi uchun o‘sha vaqtda 32 ming chirvon yoki 32 ming Eron tumani mablag‘ sarflangan. Bino meʼmori sherozlik Zeynal Abdin hisoblanadi. Qal’a hashar yo‘li bilan bunyod etilgan. Qal’adaki hozirgi cherkov 1828-yilga qadar xonning masjidi bo‘lgan. 1828-yilda ruslar tomonidan hozirgi holatga keltirilgan, yaʼni cherkovga aylantirilgan. Ruslar xonning haramxonasi o‘rnida qamoqxona binosini qurgan. Qal’aning to‘rt tarafidagi 4 buyuk burj esa ruslarning to‘pdan o‘t ochish uchun joy vazifasini bajargan.

Saroyning har ikki qismida ayni paytda qurilish ishlari olib borilmoqda. Saroy markazida katta zal va zalning har ikki tarafida dahlizlarga tutashgan xonalar bor. Binoning qurilish rejasida har qavatdagi 3 xona janub tomonda qarab turishi ko‘zda tutilgan. Qavatlar bir-biri bilan zinalar orqali bog‘lanadi. Qavatlarning shimol tomonida ikki kichik xona o‘rtasida maxsus joy qoldirilgan. Shift qismi oynali, pastki qismda favvorali marmar hovuz tiklangan.

Binoning bosh fasadi dunyoda eng noyob bo‘lgan geometrik shakllar bilan bezatilgan. Yog‘och parchalari orasi turli rangli shishalar bilan simmetrik shakldagi panjara va eshiklardan tashkil topgan. Simmetriyaning har bir kvadrat metri o‘rta hisobda 5000, murakkab yerlari 14000 yog‘och va shishadan iborat. Bino qurilishida mix va yelimdan foydalanilgan, yog‘och va shisha parchalari bir-biriga biriktirilgan. Saroy devorining peshtoqlari keng, naqshli simmetriyali shakllar, turli naqshlar, ganchli o‘ymalar mahorat bilan ishlangan. Inshoatning ichida geometrik shakllar, nabobat olami suratlari, syujetli voqealar, qush rasmlari jang va ov sahnalariga keng joy ajratilgan. Kishiga zavq bag‘ishlaydigan bu lavhalar asl sanʼat namunalaridir. Saroydagi naqshlarning qadimiyligi, ranglarning uyg‘unligi kishini o‘ziga jalb etadigan darajada go‘zaldir. Xonalarning devorlari, shift qismi ham naqshlar bilan bezatilgan.

Dunyoga mashhur turk shoiri Nozim Hikmat saroyni ko‘rib unga shunday taʼrif bergan: „Agar Ozarbayjonning boshqa qadimiy obidalari bo‘lmaganida ham birgina Shaki Xon saroyining o‘ziyoq dunyoga ko‘rsatishga yetarli bo‘lardi“.

Shaki xon saroyyining keng shuhrat qozonishiga ham sabab bo‘lgan devor suratlari 17 asrda yaratilgan bo‘lsa-da, keyinchalik taʼmir etilgan. Saroyning devor qismida ishlagan bir necha naqqosh va ustaning nomlari bino ichidagi turli yerlarda yozilgan. Bir xil sanʼatkorlarning XlX asrning oxirlarida binoda ishlagani yozuvlardan maʼlumdir. XVlll asrda ilk tasvirlarni ishlagan naqqoshning nomi bularning ichida qayd etilmagan. Binoning ikkinchi qavati shift qismidagi tasvirda usta Abbosqulining ismi yozilgan. Faqat Abbosqulining bu tasvirlari qachon ishlangani haqida hech qanday maʼlumot saqlanmagan. Ikkinchi qavat zal qismidagi tasvirlar XlX asrning oxirlarida taʼmir etilgan va baʼzilarini yangidan ishlagan qorabog‘lik bo‘yoqchi usta Qambarning nomi oldingi zal devorlarida qayd etilgan. XlX asrning oxirlarida xon saroyining birinchi qavatidagi zal devorlari suratlari taʼmir etgan shamaxilik usta Mirza Jafarning nomi zalning kirish qismi yuqorisida qayd etilgan. 1955-1956-yillarda meʼmor H.Q. Rzayevning loyihasi va boshchiligida bu yerda keng bunyodkorlik ishlari olib borilgan va obida taʼmir holida keltirilgan.[2][3][4][5]

  1. Saroyning me’mori Abbosquli nomli shaxs bo‘lganlgi ham taxmin qilinadi.
  2. Boshqa ma’lumotga ko‘ra saroy Husayn xon Mustaqinning buyrug‘i bilan bunyod etilgan.
  3. Boshqa bir ma’lumotga ko‘ra esa saroy 1760-yil qurilgan.
  1. Salamzadə Ə.R., Məmmədzadə K.M. Şəkinin memarlıq abidələri. Bakı: Elm, 1987, 140 s.
  2. Məmmədli Z. Şəki Xan Sarayı. Bakı: Tutu, 2006, 183 s.
  3. Shaki, the Khanʼs Palace. UNESCO.
  4. Azerbaijan — Shaki Kahnʼs Palace. Posted by Paul Steele. Dec 24, 2012.
  5. http://anl.az/down/meqale/sherq/2011/aprel/171966.htm