Kontent qismiga oʻtish

Shaki xonligi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Shaki xonligi - Ozarbayjonning shim. qismida 18—19-asr boshida mavjud boʻlgan davlat. 1747-yilda tashkil etilgan Shaki xonligi Ozarbayjon xonlikları ichida eng kuchlisi edi.

Shaki nomli mustaqil davlat sifatida 14-asr oxiridan maʼlum, 16-asr oʻrtalarida u Eron shohi tomonidan tugatilgan va 18-asrda Ozarbayjon xalqini Hoji Chalabiyxon boshchiligida Eron hukmronligiga qarshi kurash jarayonida vujudga kelgan. 18-asrda xonlik 8 ta noiblar boshqargan magʻalga boʻlingan. Sh. iqtisodiyoti asosini qishloq xoʻjaligi (asosan, ipakchilik) tashkil etgan. 1805-yil Shaki xonligini Rossiya imperiyasi oʻz tarkibiga kiritgan. Bu 1813-yilgi Guliston sulh shartnomasi bilan tasdiqlangan. 1819-yil Shaki xonligi tugatilib, rus harbiy maʼmuriyatiga boʻysungan provinsiyaga aylantirilgan. 1840-yil Shaki provinsiyasi Kaspiy viloyati tarkibiga kiruvchi Shaki uyezdiga aylantirilgan. 1859-yil uyezd Boku gubernyasi, 1868-yilda Yelizavetpol gubernyasi tarkibiga kirgan.