Shamaiya madrasasi
Shamaiya madrasasi[1][2] (arabcha: مدرسة الشماعية)[lower-alpha 1] — Tunisning Madina shahridagi tarixiy madrasa.
Joylashuvi
[tahrir | manbasini tahrirlash]U Shamaiya xiyobonida joylashgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shamaiya madrasasi birinchi hafsid sultoni Abu Zakariya Yahyoning buyrugʻiga binoan 1236-1249-yillar oraligʻida butun Magʻrib mintaqasida qurilgan birinchi madrasadir. Qurilish ishlariga Ali ibn Muhammad ibn al-Kasim masʼul boʻlgan[1].
Madrasa jamiyat hayotida juda muhim oʻrin tutgan. Uning aksariyat bitiruvchilari keyinchalik Az-Zaytuna masjidiga imom boʻlishgan[4][aniq manba kerak][toʻliq iqtibos kerak].
Madrasa keyingi yillarda qayta taʼmirlangan. U 17-asrda Shayx Abu ar-Rays al-Kashash tomonidan qayta tiklangan va uning hozirgi holati 1640-1647-yillar oraligʻida Tunis deyi boʻlgan Ahmad Xoʻja buyurgan restavratsiya natijasidir[1].
Arxitekturasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Koʻchadan zinapoya orqali yuqoriga koʻtariladi, u yerdagi oʻtish joyi orqali markaziy kvadrat shakldagi hovliga kirish mumkin. Hovlining narigi tomonida, kiraverishning roʻparasida kichik gumbazli ibodatxona bor. Hovlining qolgan ikki tomonining oʻrtasida katta arklar orqali kiriladigan tonozli xonalar joylashgan boʻlib, ular sinf xonalari boʻlgan boʻlishi mumkin. Ikkinchi qavat ham mavjud, hovli atrofida talabalar uchun 19 ta kichik yotoqxonaga olib boradigan ayvon mavjud. Ikkinchi, kattaroq ibodatxona ham yuqori qavatda, toʻgʻridan-toʻgʻri birinchi qavatdagi namoz zalining tepasida joylashgan[1][2]. Birinchi qavatning kirish eshigi va asosiy xonalari binoning ikkita markaziy oʻqi bilan nosimmetrik tarzda tekislangan tartib asosida qurilishi Misrdagi yoki sharqdagi madrasalarning joylashuvidan ilhomlangan holda qurlgan boʻlishi mumkin. Shuningdek, u Tunis madinasidagi anʼanaviy uylarning joylashuv tartibiga ham oʻxshaydi[2]. Bino eski uy boʻlib, qayta taʼmirlangan va keyinchalik madrasaga aylantirilgan boʻlishi mumkin[5]. Keyinchalik taʼmirlanganligi sababli madrasaning asl bezaklaridan birortasi saqlanib qolmagan[2].
Hozirgi holati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Madrasa 90-yillarda qayta tiklanib, charm-poyabzal hunarmandlarini tayyorlash markaziga aylantirilgan[iqtibos kerak].
Eslatmalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 Béji Ben Mami. „Shamma'iya Madrasa“. Discover Islamic Art, Museum With No Frontiers. Qaraldi: 2022-yil 21-dekabr.Béji Ben Mami, Mohamed. „Shammaʼiya Madrasa“. Discover Islamic Art, Museum With No Frontiers. Retrieved 21 December 2022.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 Bloom, Jonathan M.. Architecture of the Islamic West: North Africa and the Iberian Peninsula, 700–1800. Yale University Press, 2020 — 209–211-bet. ISBN 9780300218701.
- ↑ „Madrasa Chammaiya - Discover Islamic Art - Virtual Museum“ (fr). islamicart.museumwnf.org. Qaraldi: 2022-yil 21-dekabr.
- ↑ Mohamed Béji Ben Mami, Monuments de la médina de Tunis à travers les âges
- ↑ „Architecture; VI. c. 1250–c. 1500; D. Western Islamic lands.“, The Grove Encyclopedia of Islamic Art and Architecture M. Bloom: . Oxford University Press, 2009. ISBN 9780195309911.