Kontent qismiga oʻtish

Shamsiddinxon Boboxonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shamsiddinxon Boboxonov
 Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi
Mansab davri
1982-yil – 1989-yilgacha
Oʻtmishdoshi Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon[1]
Vorisi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 8-aprel 1937-yil
Vafoti 15-aprel 2003-yil(2003-04-15)
(66 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston
Fuqaroligi OʻzSSR
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Otasi Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon
Kasbi qori, tarjimon
Dini Islom, Naqshbandiya
Mukofotlari Xalqlar doʻstligi ordeni Andoza:Abu Ali Ibn Sino nomidagi xalqaro mukofot

Shamsiddinxon Boboxonov (1937—2003) – oʻzbek arabshunos olimi, filologiya fanlari doktori, diplomat, muallim, qori, diniy va jamoat arbobi, 1982-89 yillarda – Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi va 5 ta Respublika muftiysi.

Shamsiddinxon Ziyovuddinxon oʻgʻli Boboxonov1937 yili Toshkentning Hazrati Imom mavzeidagi Tikkoʻcha mahallasida ziyoli oilasida tugʻilgan.

Ilk diniy taʼlimni bobosi muftiy Eshon Boboxon ibn Abdulmajidxondan, otam muftiy Ziyouddin ibn Eshon Boboxondan oʻrgangan, ilohiyot, fiqh, tasavvuf, mantiq va shu kabi ijtimoiy fanlardan saboq olgan. Ayni paytda 28-sonli oʻrta maktabda oʻqib, uni 1955 yili tugatgan. 1960 yili Toshkent chet tillar institutining ingliz tili fakultetini bitirgan, 1962-1966 yillar davomida Qohiradagi Al-Azhar dorilfununida oʻqigan. Keyin SSSR Fanlar akademiyasi SHarqshunoslik institutining aspiranturasida tahsil olgan, 1970 yili shu institutda arab tilida sonlar silsilasi mavzuida dissertatsiya himoya qilib, filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasiga sazovor boʻlgan.[2]

  • 1966 yildan 1974 yilgacha Moskvadagi SSSR musulmonlari tashkilotlarining xalqaro aloqalar boʻlimida katta ilmiy xodim boʻlib ishlagan.
  • 1974 yildan 1982 yilgacha Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom institutida rektor muovini va rektor boʻlib ishlagan, ruhoniy xodimlarning bilimdon boʻlishlariga katta hissa qoʻshgan.
  • 1975-1982-yillarda Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi raisining oʻrinbosari boʻlgan
  • 1982-yildan 1989-yilgacha – Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi boʻlgan.
  • 1985 yilda Qur’onning keyingi nashrini nashr etish kengashiga boshchilik qildi. [3]
  • 1989 yilning fevralidan iyunigacha Moskvdagi SSSR musulmonlari tashkilotlari xalqaro aloqalar boʻlimining raisi vazifasida xizmat qilgan.
  • 1989 yilning iyunidan boshlab Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi SHarqshunoslik institutining manbashunoslik boʻlimida katta ilmiy xodim boʻlib ishlagan. Institutda 40 mingdan ortiq qoʻlyozma asar saqlanadi. Arab tilidagi qoʻlyozmalarni tavsiflab, fiklist (katalog) tayyorlashda qatnashgan. Shu bilan birga 1974 yili Imom Buxoriyning 1200 yillik yubileyi munosabati bilan – Islomning odob-axloq bobidagi qarashlariga doir ilmiy ishini yoqlagan.
  • 1991-1994-yillarda – Abu Rayhon Beruniy nomli Sharqshunoslik Institutida boʻlim mudiri.
  • 1994-2001-yillarda – Oʻzbekistonning Eron, Iroq va Misr davlatlaridagi Favqulodda va muxtor elchisi.
  • 2001-yilda Favqulodda va muxtor elchi diplomatik martabasini olgan.
  • 2001-2003-yillarda – Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirining maslahatchisi boʻlgan[4][5][6][7].

Xalqaro islom olamida

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Makkai mukarramadagi Masjidlar bo‘yicha Jahon Oliy kengashi
  2. Misrdagi Jahon Oliy Islom kengashi
  3. Pokistondagi Islom Olami kongressi
  4. Iordaniya qirollik akademiyasi
  5. Xelsinkidagi Jahon tinchlik Kengashi kabi qator xorijiy tashkilotlar aʼzosi
  6. Sobiq Ittifoq va Oʻzbekiston miqyosidagi oʻndan ziyod jamoat tashkilotlari aʼzosi sifatida faoliyat olib borgan.
  7. Chet el va Sobiq Ittifoqda oʻtadigan turli anjumanlarda faol qatnashgan.

2003-yil 15-aprelda vafot etgan. Toshkentdagi "Gʻoyib-ota" qabristonidagi oilaviy sagʻanasiga dafn etilgan.

  1. Жизнь муфтиев Бабахановых: служение возрождению Ислама в Советском Союзе
  2. Abduqahhor Ibrohimov. Muftiylar sulolasi (Badialar) (o'zbekcha). "Meriyus", Toshkent 2010 y — 148-bet. ISBN 978-9943-360-86-0. 
  3. [www.arboblar.uz „arboblar“] (o'zbekcha). Qaraldi: 2023-yil 2-noyabr.
  4. „Шамсиддинхан Бабаханов на сайте «Центральная Азия»“. 2013-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-yanvar. (WebCite saytida 2013-05-19 sanasida arxivlangan)
  5. „Новейшая история ислама в России“.[sayt ishlamaydi]
  6. „Шамсиддинхан Бабаханов - продолжатель рода просветителей Ислама“. 2013-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-yanvar.
  7. „Shamsuddinxon Boboxonov“. 2013-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-yanvar.