Kontent qismiga oʻtish

Shamsiddin Mahbubiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Shamsuddin Mahbubiydan yoʻnaltirildi)

Shamsiddin Mahbubiy, Shamsiddin Ahmad ibn Jamoliddin Mahbubiy Buxoriy (12-asrning 2-yarmi — Buxoro — 1238) — shayx va mashhur faqih.

Unvoni: Sadr ash-Shariʼa alakbar (alavval). Yirik faqih Jamoliddin Ubaydullo ibn Ibrohim Ahmad (1151 — 1233) xonadonida tugʻilgan. Sh.M. Madrasa tahsilini olgan, fiqhga oid koʻplab asarlar yozgan. Moʻgʻumar istilosidan keyin Buxoro xalqining bosqinchilarga qarshi kurashida gʻoyaviy rahnamolik qilgan. Uning taklifi bilan moʻgʻullarga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻolonga Mahmud Torobiy boshchilik qilgan. Qoʻzgʻolonchilar Buxoro shahrini egallagach, bosh sadr Burhoniddin (qarang Burhonlar, Sadri Jahon) Sh.M.ni shahar sadri qilib tayinlashga majbur boʻlgan. 1238-yilda Buxoro atrofida moʻgʻullarga qarshi boʻlgan jangda Mahmud Torobiy bilan birgalikda Sh.M. ham halok boʻlgan. Buxoro shahridagi Chashmai Ayyubning sharqiy tomonidagi Sherobod mozorida dafn etilgan.

  • Gafurova R.L., Kitobi Mullazade, T., 1992;
  • Yoʻldoshev N., Rajabov P., Mavlono Shamsuddin Mahbubiy alBuxoriy, Buxoro, 2001.