Kontent qismiga oʻtish

Sharafuddin Roqimiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Sharafuddin Roqimiy
Tavalludi
Vafoti 1702
Otasi Oxund mulla Farhod
Onasi ?

Sharafuddin Roqimiy – (?-1702) – adabiyotshunos va tarixnavis. Buxoro xoni ashtarxoniy Subxonqulixon davrida Aʼlami Kalon lavozimida faoliyat koʻrsatgan. U asli andijonlik boʻlib, XVII asrning oxiri – XVIII asrning birinchi choragida yashab ijod etgan[1]. Rozen va Aleksandr Semyonov va Akademik Boʻriboy Ahmedovning oʻz tadqiqotlarida Sharafuddin Roqimiy toʻgʻrisida maʼlumotlar keltirilshgan. Uning otasi Nuriddin ekanligi boʻlib, aholi orasida oxun mulla Farhod nomi bilan mashhur boʻlgan. Uning bolaligi Shohruxiyada oʻtgan. Sharafuddin Roqimiy dastlab maktabda, keyinchalik esa madrasada tahsil oladi. U sheʼriy sanʼatda alohida oʻringa ega boʻlib, Roqimiy taxallusi bilan ijod qilgan. Roqimiyning yagona tarixiy asari „Tarixi tomm“ boʻlib, Xuroson, Oʻrta Osiyo, Hindiston, Eron mintaqalarida yashagan 200 dan ortiq mashoyix va shoirlar, ulamolar, davlat arboblari, hukmdorlar haqida batafsil maʼlumotlar keltirilgan. Asarda oʻsha davrda shoirlar tomonidan bitilgan sheʼrlar jamlangan[1]. „Tarixi tomm“ „Tarixi kasira“, „Tarixi Mir Said Sharif Roqim“ „Tarixi Roqim“ kabi nomlar bilan ham mashhur. Asarda mamlakatda bunyod etilgan binolar, toqlar, masjid va madrasalar haqida ham maʼlumot uchratish mumkin. Sharafiddin Roqimning „Tarixi tomm“ asarida Amir Temur va temuriylar, shayboniylar, Ashtarxoniylar davrida yashagan hukmdor va allomalar, ularning hayoti va faoliyati, ulkan bunyodkorlik ishlari haqida tarixiy faktlar mavjud. „Tarixi tomm“ asarining qoʻlyozma nusxalaridan biri Mehrojiddin Amonovning shaxsiy kutubxonasida saqlanadi. Ushbu nusxa boshqalariga qaraganda toʻliq boʻlib, 310 betdan iborat. Asarning birinchi va ikkinchi betlarida asar nomi „Tarixi tomm“, „Tarixi kasira“, muallifi esa Roqim deb koʻrsatilgan[2].

  1. 1,0 1,1 Ҳамиджон Ҳотидий 2016, s. 351.
  2. „Tarixi tomm“ oʻtmishning muhim sanalaridan soʻzlaydi
  • Шарафуддин Роқимий. Тарихи томм. Tошкент: Маънавият нашриёти, 1998 — 155-bet.