Sharif Ergashev
Qiyofa
Sharif Ergashev (1916.1.12 hozirgi Buxoro viloyati Peshku tumani Denov qishlogʻi - 1978.15.12) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, oddiy askar. Urushgacha kzda yashagan. 1943-yildan frontda. 883oʻqchi polki (Markaziy front, 65armiyaning 193oʻqchi diviziyasi) oʻqchisi. 1943-yilda Dnepr daryosi yaqinidagi jangda jasorat koʻrsatgani uchun Qahramon unvoniga sazovor boʻlgan (1943). Urushdan soʻng, Yangibozor jamoa xoʻjaligi kengashining raisi boʻlib ishlagan. Yangibozordagi koʻcha va maktab, Buxoro shahridagi koʻcha, Peshku tumanidagi jamoa xoʻjaligiga uning nomi berilgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „ERGASHEV SHARIF. Oddiy askar, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi qahramoni (30.10.1943)“. Qaraldi: 2024-yil 26-noyabr.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |