Kontent qismiga oʻtish

Sharole

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sharole — goʻshti uchun boqiladigan qoramol zoti. 18-asrda Fransiyaning Sharole viloyatida mahalliy zotlarni yaxshilash bilan yaratilgan. Sh. zotli qoramollar yirik, tanasi uzun, tusi sargʻishmallarang, oʻta goʻshtdor, buzoqlari yirik tugʻiladi. Buqalarining oʻrtacha vazni 1400–1500 kg, sigirlariniki 800–1000 kg. Jahondagi 70 dan ortiq mamlakatlarda tarqalgan. Mahalliy zotlarning goʻsht mahsuldorlik sifatlarini yaxshilashda foydalaniladi.

Oʻzbekistonga Sh. zotli buqalar birinchi bor 1970—71 yillarda olib kelingan. Respublika nayelchilik styasida muzlatib saqlangan urugʻlari qoraola zotli sigirlarni urugʻlantirishda ishlatilgan. Fargʻona viloyatining Buvayda xoʻjaliklararo boʻrdoqichilik korxonasida qoraola zotli kammahsul sigirlarni Sh. zoti bilan chatishtirishdan olingan birinchi avlodlari vazni 5—6 oyligidayoq 250–260 kg ga yetgan. Sanoat usulida chatishtirishda istiqbolli zotlardan hisoblanadi.