Kontent qismiga oʻtish

Sharon Aguilar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Sharon Aguilar
Tavalludi Sharon Isabel Borrego
1986 (yoshi 37–38)
Panama
Janrlar Pop rock, rock, funk
Kasbi Musiqachi
Faoliyat yillari 2008–hozirgacha
Aʼzolar Scarlet Fever
Fuqaroligi AQSh
Veb-sayt facebook.com/SharonAguilarRocks

Sharon Isabel Aguilar (1986) amerikalik qo'shiqchi, qoʻshiqnavis. U 2012-yilda 2NE1 bilan gastrol qilgan, boshqa bir qancha guruhlarga asos solgan va ular bilan birga chiqish qilgan.

U Scarlet Fever bilan bosh gitara va skripka chaldi. U va Scarlet Feverning turli aʼzolari 4D, No Salt va Miss President kabi boshqa mashhur ayollar bilan birga chiqish qilishgan.

Sharon Panamada tugʻilgan va Floridaning Miami shahrida oʻsgan[1][2][3].

Musiqachining onasi, Delia Aguilar-Borrego, Panamadan edi. Sharonning otasi Richard Borrego amerikalik boʻlib, shu yerda harbiy xizmatni oʻtagan[1][2].

Oʻsmirlik davrida musiqachi magner maktab musiqa loyihasi aʼzosi boʻlgan[4][1].

Sharon, shuningdek, Panamadagi maktabda oʻqigan; issiq suv, sovutgich va konditsioner kabi qulayliklarga ega boʻlmagan qarindoshlari bilan yashagan [1][2].

2010-yilda u Kaliforniyaning Gollivud shahrida joylashgan „Musiqachilar instituti“da oʻqiydi va ishladi[4][1][5][6].

Aguilar skripka chalishni 12 yoshida boshlagan[7], hamda birinchi skripka namoyishini |Dade County Honors Orchestra, va Greater Miami Youth Symphony bilan birgalikda koʻrsatgan[4][8].

Sharon oʻrta maktabda oʻzini gitara va mandolin chalishga oʻrgatgan[7][8][9].

U Mayamida singlisi Kristen Borrego(bas gitarachi), Erika Koromina va boshqalar bilan „open mic“ maydonlarida chiqish qilgan[10].

Musiqaga kirib kelishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Musiqachi gitara chalishni, otasi uyda tinglagan klassik rok yoʻnalishida boshladi[1][2][7]. Oilaviy videoda uning oʻyin maydonchasida Led Zeppelinning „In My Time of Dying“ qoʻshigʻiga musiqa chalayotgani tasvirlanagn[1]. Sharon otasi bilan The Guess Whoni oʻsmirlik davridagi birinchi konsertini koʻrishga bordi[1]. Musiqachining otasi „The song reamins the same“ filmini Aguilarga koʻrsatdi. Shundan soʻng, Sharon Jimmi Peyjni [1][9] tomosha qilishdan ilhomlanib, professional gitarachi boʻldi.

Keyinchalik rol modellari orasida Pink Floydning Devid Gilmuri bor. Sharon u Devidning musiqalarini „Uning musiqalari oʻta ajoyib. Men ularni ich-ichimdan his qilaman va ular meni chindan ham harakatga keltiradi“ deb taʼriflagan[2][9].

Muvaffaqqiyatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2007-yilda yilda Los Angelesga koʻchib kelgandan keyin,Aguilar bir nechta guruhlar bilan faoliyat olib bordi. Shular jumlasidan: Bad Apple[11], The Bitchfits , The Ramonas, hamda Pretty Little Problem[1][12][6][8][13].

Uning 2010-yil 31-martta, Fender elektr skripkasida qilgan milliy televideniyedagi debyuti American Idol uchun „Hello Good Morning“ da Diddy’s Dirty Money qoʻllab-quvvatladi[4][3][5][14].

Musiqachi, shuningdek, 2011-yil 29-yanvarda Jorj Lopezning Feniks shahridagi komediya gastrolida ochgan „You shook me all the night“ filmida Suede bilan gitara chaldi[15]. Lopez ushbu kontsertdan tushgan mablagʻni Meksika Amerika Huquqiy Mudofaa va Taʼlim Jamgʻarmasi(MALDEF)ga xayriya qildi[16].

Scarlet Fever

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2010-yil iyun oyidan boshlab u Cee Lo Green va Scarlet Fever nomli ayollardan iborat musiqa guruhi bilan „What Part of Forever“ (The Twilight Saga: Eclipse saundtrekidan) va The Lady Killer albomi uchun reklama sayohatlarida qatnashdi[4][1]. Guruh Jey Leno bilan The Tonight Show,[17] BBC Radio[18][19] David Latterman bilan Late Show[20], Saturday Night Live[21][22] va boshqa bir qancha koʻrsatuvlarda chiqish qilishdi. Guruhning asosiy aʼzolariga Brittany Brooks (barabanlar), DANiiVORY née Theresa Flaminio (sintezator, fon vokallari), va Regina Zernay Roberts (bass gitara)lar kiradi.

Jamoa aʼzolari turli kombinatsiyalarda (baʼzan boshqa guruh nomlari ostida) birgalikda oʻynashni davom ettirdilar. Aguilar, Brooks va DANiiVORY 2012-yil aprel oyida Viski a Go Go-da Semmi Allen bilan chiqish qilishdi, u yerda Si Lo ularga sahnada qoʻshildi[23].

Aguilar, DANiiVORY va Divinity Roxx 2NE1ni 2012-yil davomida 5 mamlakatning 9 ta shahrida boʻlib oʻtgan „New Evolution World Tour“da qoʻllab-quvvatladi. Ularning Yangi Jersey dagi Prudential Markazida qilgan chiqishlari[24], The New York Timesda yilning eng yaxshi konsertlaridan biri deya ataldi[25].

Los-Anjelesdagi Nokia teatrida boʻlib oʻtgan konsert Billboard's Current Box Score reytingida 29-oʻrinni egalladi, jamoa birinchi bu reytingga erishgan K-Pop qizlar guruhi edi[26].

Miss President

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aguilar, Brooks va DANiiVORY Goldielox née Brittani Burton bilan 4D formatidagi kabi chiqish qilishdi[27], va 2013-yil 10-fevralda Whiskey a Go Goda Miss Prezident sifatida debyut qilishdi [1][28]Andoza:Primary source inline[29].

Ularning musiqasi standart pop-rifflar, neo-klassikgacha va ularning orasidagi hamma narsani oʻz ichiga oladi[1]. Guruh nomi ayollar uchun „quvvat beruvchi“ sifatida tanlangan, „… biz ham yigitlar kabi ajoyib musiqa yaratishimiz mumkin. Biz ular qilgan hamma narsani qila olamiz va undan ham yaxshiroq[4].“

  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 Boyd, Steve „Interview with Sharon Aguilar: Administrator of Guitar for Miss President“. Guitar Girl Magazine (2013-yil 19-mart). Qaraldi: 2013-yil 21-aprel.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 „Introducing Guitar Shredder – Sharon Aguilar“. AllAboutLuxury Magazine (2011-yil 2-sentyabr). 2013-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 25-sentyabr.
  3. 3,0 3,1 „Meet Sharon Aguilar – Miami girl turned Cee-Lo's guitarist slash violinist“. the305.com (2011-yil 23-mart). Qaraldi: 2011-yil 30-iyun.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 4,5 Whitmore, Laura B. (April 15, 2013). „Guitar Girl'd: Interview with Sharon Aguilar on CeeLo, 2NE1 and Miss President“. Guitar World. Qaraldi: April 15, 2013.
  5. 5,0 5,1 „MI Students Backing P Diddy, Destinee&Paris, Jordin Sparks“ (2010-yil 6-aprel). 2011-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 2-iyul.
  6. 6,0 6,1 „Sharon Aguilar, Brittany Brooks Land Gigs with Cee-Lo“ (2010-yil 15-iyun). 2011-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 9-mart.
  7. 7,0 7,1 7,2 Tozier, Nicholas „Interview With Sharon Aguilar“. guitar-muse.com (2011-yil 13-iyun). Qaraldi: 2011-yil 30-iyun.
  8. 8,0 8,1 8,2 „Sharon Aguilar's Profile“ (2008-yil 30-dekabr). Qaraldi: 2011-yil 9-iyul.
  9. 9,0 9,1 9,2 Epstein, Julie. „Cee Lo Green Guitarist Sharon Aguilar Rocks UCSB Extravaganza“ (2011-yil 22-may). Qaraldi: 2011-yil 30-iyun.
  10. Teal, Kyle. „Miami Open Mic Night Guide“. Miami.com. Miami Herald Media (2010-yil 24-yanvar). Qaraldi: 2011-yil 2-iyul.
  11. „Bad Apple“. Qaraldi: 2011-yil 9-iyul.
  12. „Sharon – Guitar Star on Myspace“. Qaraldi: 2011-yil 30-iyun.
  13. „Pretty Little Problem“. Qaraldi: 2011-yil 2-iyul.
  14. „Diddy Dirty Money on American Idol“. YouTube (2010-yil 1-aprel). Qaraldi: 2011-yil 2-iyul.
  15. „Sharon Aguilar on Guitar with Suede at George Lopez Show“. YouTube (2011-yil 29-yanvar). Qaraldi: 2011-yil 2-iyul.
  16. „The Lopez Foundation Pledges Proceeds to MALDEF From Arizona Concert“ (2011-yil 21-fevral). 2011-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 2-iyul.
  17. „The Tonight Show with Jay Leno“. NBC (2010-yil 14-iyun). Qaraldi: 2011-yil 19-fevral.
  18. „Cee Lo Green Session“. 1Xtra. BBC (2010-yil 26-oktyabr). Qaraldi: 2011-yil 14-fevral.
  19. , „Cee Lo in the Live Lounge“. Live Lounge. BBC (2010-yil 3-noyabr). Qaraldi: 2011-yil 14-fevral.
  20. „Late Show with David Letterman“ (2010-yil 8-noyabr). 2011-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 14-fevral.
  21. „Gwyneth Paltrow hosts Saturday Night Live with musical guest Cee Lo Green!“. Saturday Night Live. NBC (2011-yil 15-yanvar). 2011-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 14-fevral.
  22. , David, Valerie „Gwyneth Paltrow & Cee Lo Green Are Game for Anything on 'Saturday Night Live'“ (2011-yil 18-yanvar). — „Cee Lo Green did his own version of Robert Palmer on the "Saturday Night Live" stage, singing his hit while being backed up by a girl band dressed in tight, hot pink mini-dresses. The difference between Palmer's models and these sexy gals, however, was that Cee Lo's band "Scarlet Fever" is the real deal, rocking out on their instruments with sass and true talent.“. 2011-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 14-fevral.
  23. „Scarlet Fever, Cee Lo Green's Ladykiller band live with guest Sammy Allen“ (2012-yil 23-aprel). Qaraldi: 2013-yil 8-fevral.
  24. Caramanica, Jon. „Korean Pop's Singular Mélange“ (2012-yil 19-avgust). Qaraldi: 2012-yil 13-sentyabr. „2NE1 was backed by a mostly female band, which injected flourishes of real skill amid the music's more direct demands.“.
  25. Pareles, Jon; Caramanica, Jon; Ratliff, Ben; Chinen, Nate. „Pop's Big Nights – The Best Concerts of 2012, as Seen by Times Critics“ (2012-yil 26-dekabr). Qaraldi: 2013-yil 22-yanvar.
  26. „2NE1 becomes the first K-Pop girl group to rank on Billboard's Current Box Score“. AllKPop (2012-yil 4-sentyabr). Qaraldi: 2012-yil 4-sentyabr.
  27. Ruano, Jenifer (July 2012). "Brittany Brooks Giving Us Fever". Tom Tom Magazine (10): 23–24. Archived from the original on 2024-08-09. https://web.archive.org/web/20240809175749/https://tomtommag.com/. Qaraldi: July 19, 2012. 
  28. „Miss President – About“. Facebook (2013-yil 10-fevral). Qaraldi: 2013-yil 15-fevral.
  29. „Miss President Tour Dates“ (2013-yil 10-fevral). Qaraldi: 2013-yil 15-fevral.