Sharqiy Turkiston Jumhuriyati
Sharqiy Turkiston Jumhuriyati | ||||
| ||||
---|---|---|---|---|
Shiori La ilaha illaloh, Muhammadur Rasululloh | ||||
Poytaxti | G'ulja shahri | |||
Yirik shaharlari | G'ulja, Suydun, Kunas va boshqalar | |||
Til(lar)i | Oʻzbek tili, uyg'ur tili, qozoq tili, qirgʻiz tili | |||
Dini | Islom | |||
Aholisi | oʻzbeklar, uyg'urlar, tojiklar, qirgʼizlar, qozoqlar, qipchoqlar | |||
Sharqiy Turkiston Jumhuriyati - tarixda Sharqiy Turkiston hududida tuzilgan davlat. 1944-yilning 12-noyabrida Sharqiy Turkistondagi "Ozodlik jamiyati" yig'ilishida mustaqilligi e'lon qilingan. Davlat poytaxti etib G`ulja shahri tayinlandi[1].
Hukumat hay’at aʼzolari
[tahrir | manbasini tahrirlash]12-noyabrdagi yegʻilishda Sharqiy Turkiston islom hukumati raisi etib Alixonto'ra Shokirxo'ja o'g'li, muovin raisi etib Hakimbekxoʻja saylandi. Hukumat hay’at aʼzolari etib quyidagilar saylandi[2]
- Muhammadjon Maxdum
- Abdurauf Maxdum
- Solihjonboy (Bobojon)
- Rahimjon Sobir hoji
- Joniy (Gʻaniy) Yoʻldosh
- Zunnun Tayib
- Nuriddinbek (Ilohun)
- Qosimjon Qambariy
- Abdukarim Abbos
- Abulhaytoʻra
- Muhiddin oxun Qanot
- Umarjon (Pirmuhammad)
- Habib Yunusiy
- Moskalev
- Karimjon dungan
- Hakimbekxoʻja
Mustaqillik Bayonoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]1942-yil, 12-noyabr sanasida Sharqiy Turkiston Jumhuriyatining 9 moddadan iborat boʻlgan Mustaqillik Bayonoti qabul qilingan.[2] 9 moddaning har biri mustaqillikni toʻliq va oshkora ifodalovchi, inson huquqlarini toʻla himoyalovchi islomga asoslangan hujjat boʻlgan.
Bayrogʻi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sharqiy Turkiston islom hukumati bayrogʻi yashil rangda boʻlib, qoʻshimcha sariq rang ishlatilgan. Shuningdek, bayroqda oy-yulduz, „La ilaha illaloh, Muhammadur Rasululloh“ yozuvi boʻlgan.
Bayroqning tuzilishi ham 9 moddalik bayonotda qabul qilingan.[2]
Sharqiy Turkiston milliy armiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1945-yil 8-aprelda Sharqiy Turkiston milliy armiyasi tashkil etildi[3]. Askarlikka qabul qilish va harbiy masalalar bilan shugʻullanuvchi Harbiy Shoʻro tuzilgan. Rahbarlikka Asilxon Alixonto'ra o'g'li tayinlangan.[2] Ushbu qoʻshin ichidan Gʻani botir (uygʻur), Usmon Botir (qozoq), Akbar botir (qozoq), Fotix botir (tatar), general Palinov (rus) kabi xalq qahramonlari yetishib chiqdi[3].
Ijtimoiy tashkilot va jamiyatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sharqiy Turkiston Jumhuriyati davlat sifatida oz vaqt mavjud boʻlgan boʻlsada, unda turli tashkilot va jamiyatlar keng faoliyat yuritgan.Masalan, „Yoshlar tashkiloti“, „Xotin qizlar tashkiloti“ va „Majruhlar jamiyati“ shular jumlasidan.
Jumhuriyat gazetasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hukumatning dastlabki kunlaridanoq „Ozod Sharqiy Turkiston“ gazetasi va yana rus tilidagi gazetalarni nashr qilish boshlangan.
Hokimlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sharqiy Tukiston Jumhuriyati viloyat va shaharlarining voliylari[2]:
- Gʻulja shahri hokimi Tayyip oxun
- Suydun shahar hokimi Muhammadsharif oxun
- Chilpanzga hokimi Hoshimjon oxun
- Choʻchak viloyati hokimi Boshvoy qozoq
- Sovon hokimi Qalibek
- Kunas hokimi Joyirbek
- Toʻqqiztoro hokimi Jonboʻlat
- Tekas nohiya hokimi Madi oqoloqchi
- Moʻngʻul Ashin ombol
Hukumatning tugatilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Turkiston Jumhuriyati mustaqilligini saqlab qololmasligining asosiy sababi qurol-yaroq jihatdan sovetlarga qaramligi edi. 1946-yil 23-iyunda „Sharqiy Turkiston hukumati tarqatildi“ deb eʼlon qilindi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Shokirov, Abror „Alixon To`ra Sog`uniyning hayoti va Turkiston mujodalasi.“. https://uforum.uz/index.php. Qaraldi: 22-may 2022-yil.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 Sog'uniy, Alixonto'ra. Turkiston qayg'usi I-II qism. Toshkent: Sharq nashriyoti — 387, 388, 393-bet. ISBN 978-9943-6613-8-7.
- ↑ 3,0 3,1 Shokirov, Qutlug'xon (Ediqut) „Икки Туркистон ғурури. Алихонтўра Соғуний“. https://shosh.uz/. Qaraldi: 22-may 2022-yil.