Sharqqa zardushtiylikning kirib borishi
Zardushtiylik miloddan oldingi VI asrdan milodiy VII asrgacha uzluksiz ravishda Yaqin va 0‘rta Sharqning katta qismida faoliyat ko‘rsatdi. Fors davlati Sharqdagi bu hududlami egallab olishinatijasida zardushtiylik ham o‘sha o‘lkalargakirib bordi. Iudaizm, masihiylik, buddaviylik kabi diniy oqimlar zardushtiylikning muhim aqidalarini, jumladan, nur va zulmat haqidagi aqidalarni o‘zlashtirdi. Ayrim misollami keltiraylik. Zardushtiylik rivoyatlariga ko‘ra, Zardusht o‘ttiz yoshga kirganda, vahiy oldi (Iso Masih o‘ttiz yoshida yer yuzida xizmatini boshlagan); Mana shu buyuk hodisa Gohlardan (Yasna 43) eslanadi va pahlaviy tilida yozilgan “Zadspram” asarida qisqacha tavsiflanadi. Bu asarda hikoya qilinishicha, bir kuni Zardusht olomon bilar birga bahor bayramini nishonlashda ishtirok etadi. U tongda xaomi tayyorlash uchun suvga boradi.Zardusht daryoga tushib, daryo oqimining o‘rtasidan suv olishga harakat qiladi. U qirg‘oqqa qaytganda (udumga ko‘ra, u shu lahzada pok bo‘ldi) unga vahiy keldi. Qirg‘oqda u yaltirab turgan mavjudotni ko‘rdi, bu mavjudot Zardushtga “Yaxshi fikr” sifatida zohir bo‘ldi (Yangi Ahdning to'rtala Xushxabarida Iso Masihning Yahyo payg‘ambar tomonidan Iordan daryosi suvida suvda imonga kiritilishi hikoya qilinadi. Shu lahzada Iso Masihning ustiga kaptar shaklida Muqaddas Ruh Xudo tomonidan yuboriladi). Xo'rmuzd (adabiyotlarda Xo‘rmuzd va Axura mazda baravar iishlatilaveradi) o‘z ta’limotini yoyish uchun Zardushtni xizmatga da’vat etgani singari, Xudo Iso Masihni xizmatga da’vat etadi. Har ikkalasi - Zardusht va Iso Masih haqiqatni insoniyatga yetkazish va yoyish uchun xizmat qiladi. Har ikkalasi, shuningdek, Budda ham, insoniyatning Najotkori sifatida talqin qilinadi. Mana shu analogiyaning o‘zi ham zardushtiylikning Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlari hayotida mustahkam o‘rin olganini dalillaydi.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |