Sharzond
Qiyofa
Sharzond — ichiga vodorod toʻldirilgan rezina shar; atmosferaning quyi qatlamlarini tadqiq etish uchun unga meteorograf biriktirilgan. Sharzond maʼlum balandlikka yetgach, rezina shar yorilib (tashqi bosim kamayishi natijasida), meteorograf parashyut da Yerga qaytib tushadi. Undan meteorologlar atmosferaning holati, fizik parametrlari haqida muhim maʼlumotlarni oladilar.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |