Shashlik
Ushbu sahifani Kabobga qayta nomlash taklif etiladi.
Sababi: Oʻzbekcha Biror maqolani qayta nomlashga taklif qilishda, iltimos, andozasidan foydalaning. Havolalar: koʻchirish qaydlari • taklif etilgan nomga koʻchirish |
Turi | Asosiy taomlar |
---|---|
Kelib chiqishi | |
Muallifi | Yevrosiyo xalqlari |
Asosiy komponentlari | goʻsht (asosan qoʻy, mol, choʻchqa va tovuq goʻshti) |
Oʻxshashlari | barbekyu |
Retsepti | Shashlik |
Shashlik yoki kabob — choʻgʻda pishirib (kuydirib) tayyorlanadigan goʻshtli taom. Anʼanaviy shashlik tindiriligan va oʻrtacha kattalikda toʻgʻralgan goʻshtdan tayyorlanadi.
Goʻsht, jigar, buyrak, dumba, charvi va boshqa masalliqlardan six kabob, titrama kabob, qozon kabob, parranda kabob, qiyma kabob, tandir kabob, pomidor kabob, dumbul kabob, charvi kabob, loʻla kabob va boshqa turlari bor. Six kabob — qoʻy goʻshtining lahm hamda dumba qismlaridan olib, har biri 10-12 g keladigan loʻnda-loʻnda boʻlaklarga boʻlinadi, unga mayda toʻgʻralgan piyoz, tuz, qalampir (murch), kashnich urugʻi, zira, uzum sirkasi (anor yoki limon suvi) aralashtiriladi. Masalliq sirlangan yoki chinni idishga solinib, bir necha soat (4 soatdan 24 soatgacha) salqin joyda saqlanadi. Soʻngra goʻsht sixga 5-6 boʻlakdan qilib oʻtkaziladi (sixning uchida yogʻ boʻlishi kerak). Sixlar qoʻrada toshkoʻmir yoki pista koʻmir choʻgʻida pishiriladi. Kabobning bir tomoni qizarib pishgandan soʻng ikkinchi tomonini agʻdarish kerak. 1 kg goʻshtga 2-3 bosh piyoz, 1 choy qoshiqda tuz, 4 osh qoshiqda uzum sirkasi (yoki bir dona limon), taʼbga koʻra ziravor kerak boʻladi. Qiyma kabob — goʻsht qiymalagichdan 2 marta, piyoz bir marta oʻtkazilgach, qiyma tayyorlanadi. Qiymaga tuxum chaqilib qalampir, tuz aralashtiriladi. Soʻng qiymadan 50-60 g keladigan kiftalar yasaladi va uzunasiga sixga oʻtkaziladi. Kifta ustiga un sepib yuqorida aytilgandek choʻgʻda pishiriladi. 1 kg goʻshtga 3 bosh piyoz, 1 dona tuxum, 3-4 qoshiq un; ziravorlar kerak boʻladi. Dumbul kabob — makkajoʻxorining dumbul soʻtasidan tayyorlanadi. Tozalangan soʻta 3-4 sm dan qilib kesiladi va namakobga 2-3 soat solib qoʻyiladi. Soʻng 2-3 donadan qilib sixga oʻtkaziladi va laxcha choʻgʻda pishiriladi.
Kabob Oʻrta Osiyo va Yaqin Sharq, Kavkaz xalqlarining sevimli taomi hisoblanadi. Kabobni aslida chorvador xalqlar o'ylab topishgan.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Maxmudov K., Oʻzbek taomlari, T., 19[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |