Shavkat Abdusalomov
Shavkat Abdusalomov | |
---|---|
Rossiya Federatsiyasining 2011-yilda madaniyat sohasini taqdirlash marosimidan | |
Tavalludi |
28-aprel 1936-yil |
Fuqaroligi | Sovet Ittifoqi |
Kasbi | Aktyor, kinorejissor, ssenariychi |
Shavkat Fozilovich Abdusalamov (1936-yil 28-aprelda tugʻilgan, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek, sovet va rus rassomi, aktyor, yozuvchi, rejissor.
Tarjimai hol
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shavkat Abdusalomov 1966-yilda UDKI (Umumrossiya davlat kinematografik instituti)ni tamomlagan. Andrey Tarkovskiy, Elem Klimov, Ali Hamroyev filmlarida postanovkachi-rassom sifatida faoliyat olib borgan. A.Hamroyevning „Maʼbuda“, „Tansoqchi“ filmlarida bosh rollarni ijro etgan. Oʻzining ilk shaxsiy koʻrgazmasini 1972-yilda ochiladi, ammo suratlarning koʻpi diniy mavzuda boʻlgani bois bir zumda yopiladi[1]. Abdusalomovning chizgan suratlar Tretyakov galereyasida, AQSHdagi Nensi va Norton Dodjlar kolleksiyasida saqlanadi. 2000-yilda Shavkatning „Yakkashoh“ romani Rossiya Buker mukofotining katta roʻyxatiga kiritilgan. 2002-yilda rassom rejissor sifatida „Bayruda“ filmini suratga oldi.
Abdusalomovga siz oʻzizni qaysi kasbda koʻrasiz rassom, yozuvchi, rejissormi degan savolga shunday javob beradi: "Men hozir kimman?.. Odamlarni va hayvonlarni sevadigan odam... Hayvonlarni tushunadigan, odamlarni tushunishga harakat qiladigan odam... ".
1920—2012-yillarda bir necha bor Moskvada boʻlgan Tonino Gerra Shavkat Abdusalomovni ustaxonasiga tashrif buyurgan uning asarlari va butun hayot falsafasiga yuqori baho bergan[2].
Koʻrgazmalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2005-yil 9-dekabrdan 2006-yil 22-yanvargacha Pushkin nomidagi Davlat tasviriy sanʼat muzeyida Sh.Abdusalomovning „Shavkat-A makoni“ koʻrgazma ishlari boʻlib oʻtdi, u ham shu nomdagi albom chiqishiga turtki boʻldi.
Filmografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rassomlik ishi
- 1966-yil — oppoq-oppoq laylaklar
- 1966—1967-yillar — Yuras Bratchikning hayoti va yuksalishi
- 1971-yil — Rustam haqida afsona
- 1974-yil — Ozor
- 1976-yil — Siyovush haqida afsona
- 1979-yil — Daydi (akkreditasiya qilinmagan)
- 1979-yil — Maʼbuda
- 1979-yil — Tansoqchi
- 1983-yil — Qobulda saraton yozi
- 1987-yil — Yo ketmoq, yo qolmoq
- 1988-yil — Tornado
- 1989-yil — Ulugʻ vatan urushidagi kichik odam
- 2002-yil — Kostroma
- 2002-yil — Bayruda
- 2004-yil — Toʻrt; Aktyorlik faoliyati
- 1974-yil — Daydi
- 1979-yil — Tansoqchi - Fottabek (Oleg Yankovskiy ovozida)
- 1979-yil — Maʼbud
- 1979—1984-yillar — Olovli yoʻllar - Umid
- 1987-yil — Inqilob vakili
- 1989-yil — Ulugʻ vatan urushidagi kichik odam
- 2004-yil — Toʻrt
- 2007-yil — Uchinchi osmon; Mualliflik ishi
- 2002-yil - Bayruda (Takvash taxallusi bilan); Rejissor
- 2002-yil – Bayruda (Takvash taxallusi bilan)
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Отшельник Такваш. Единорог. Из тетрадей скитальца по межконтинентальному пейзажу. — М. : Фонд „Лики культур“, 1999. — 336 с. — 1000 экз. — ISBN 5-901222-01-6.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Life Line / Shavkat Abdusalamov / tvkultura.ru (Wayback Machine saytida 2-oktabr 2013-yil sanasida arxivlangan) Архивная копия
- Shavkat Abdusalamov Zamonaviy san'at galereyasida Архивная копия
- Shavkat Abdusalomov. Lokomotivning qichqirig'i Архивная копия
- Shavkat maydoni. 2017 yil Архивная копия
- Shavkatning ajoyib dunyosi (Wayback Machine saytida 2016-03-09 sanasida arxivlangan) Архивная копия
- Elena Shiroyan. Gilamdagi naqshlar
- Shavkat Abdusalomov Milliy kino ensiklopediyasida[sayt ishlamaydi] (mavjud havola)