Shavqiy Ahmad
Qiyofa
Shavqiy Ahmad (1868.16.10 Qohira — 1932.14.10) — arab shoiri. "Amir ashshuaro" ("shoirlar amiri") unvonini olgan. Ijodida fransuz klassitsizmi va romantik sheʼriyati taʼsiri seziladi. Parijda "Bulon oʻrmoni" va "Ulugʻ Alibey yoki Mamluklar davlati" (1893) asarlarini nashr ettirgan. Misr xalqi hayotidan sheʼrlar ("Nil vodiysida sodir boʻlgan voqealar", 1894), shuningdek, tarixiy va folklor syujetlari asosida qissa va hikoyalar ("Hind hur qizi", 1897; "Ladiyas", 1899; "Mirta bargi", 1904), sheʼriy pyesalar yozgan. Sh. ijodida vatanparvarlik tuygʻulari kuchli ("Lev Tolstoy oʻlimiga", 1911; "Mustafo Komil", 1908 va boshqalar).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |