Kontent qismiga oʻtish

Shaxsey-vaxsey

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shaxsey-vaxsey — shialikdagi motam marosimi. Muhammad paygʻambar nabirasi (Alining oʻgʻli) imom Husayn ning halok boʻlgani munosabati bilan har yili muharram oyining boshida oʻtkaziladi. Shaxsey-vaxsey shialarning motam yurishlari vaqtida odat boʻlgan "Shoh Husayn, voh Husayn" degan qichqiriqlarining qisqargan shakli (yana qarang Ashuro).