Kontent qismiga oʻtish

Shayx Farid Buxoriy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shayx Farid Buxoriy (Murtazoxon)

Murtazo Xon portreti

Shayx Farid Buxoriy (1616-yilda vafot etgan) – Murtazoxon nomi bilan ham tanilgan, Boburiy imperatorlari Akbar va Jahongir davrida mashhur zodagonlardan biri boʻlgan. U Gujarat, keyinroq Panjob gubernatori lavozimlarida ishlagan. Boburiylar Hindistonida arxitektura homiysi sifatida ham tanilgan va Hindistonning hozirgi Haryana shtatidagi Faridobod shahriga asos solgan.

Shayx Farid Murtazoxon hindlardan boʻlgan musulmon edi[1]. Shayx Faridning oilasi imperatorlik xonadoniga yaqin kishilar boʻlishgan, masalan, Akbarning ishonchli kishilaridan boʻlgan Shayx Muhammad Buxoriy amakisi, Jafarxon esa ukasi boʻlgan[2]. Ular 1573-yilda Gujaratdagi janglarda halok boʻlgan.

Imperator Akbar va Murtazoxon.

Shayx Farid Orissada afgʻonlarga qarshi kurashda erishgan yutuqlari uchun Akbar tomonidan 1500 otliqlar qoʻmondoni etib tayinlangan. Akbar unga sohib-us-saif-ul-qalam („qilich va qalam ustasi“) unvonini ham bergan. 1600-yilda[3] Akbar qoʻl ostida mir baxshi lavozimiga koʻtarilgan[4]. Oʻsha davrda Boburiylar saroyida imperator Akbarni diniy qarashlarini yoqtirmaydigan va boshqa dindor hukmdor bilan almashtirishni xohlaydigan naqshbandiylar harakati boʻlgan. Jahongir taxtga oʻtirgandan soʻng, shahzoda Xusrav 1606-yilda isyon koʻtargan. Ammo harakati muvaffaqqiyatsizlik bilan tugagach Agra shahrida zindonband qilingan. Ammo u Panjobga qochib ketishga erishgan. Shayx Farid Bharoval yaqinidagi jangda uni taʼqib qilib, magʻlub etgan. Keyinroq Xusrav asirga olingandan soʻng hukmdor Jahongir Shayx Faridga qilgan ishlari uchun „Murtazoxon“ unvonini bergan va uning qoʻmondonlik darajasi 6000 otliqqa oʻtadigan boʻlgan. Jahongir unga Bharovalni ham mukofot sifatida bergan. 1606—1609-yillarda Shayx Farid Jahongir qoʻl ostida Gujarat hokimi boʻlib xizmat qilgan. Keyinchalik u Panjob hokimi lavozimida faoliyat olib borgan[5].

Qurilish ishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shayx Farid imperiya tarixida amalga oshirgan qurilish ishlari bilan ajralib turadi[6]. 1607-yilda Faridobod shahrining barpo etilishi, karvonsaroy va masjid qurilishi uning eng katta arxitektura ishlaridan biri edi[7][8]. Gujarat hokimi sifatida u Ahmadobod shahrida keng qamrovli qurilishlar olib borgan, ammo bu inshootlardan hech biri saqlanib qolmagan, faqat soʻfiy avliyo Vojihuddin Alvining dargohi boʻlgan Vojihuddin maqbarasi hozirgacha saqlanib qolgan[9].

Shayx Faridning qabri Malviya Nagarda joylashgan[10].

  1. Mohammad Akram Lari Azad. Religion and Politics in India During the Seventeenth Century. the University of Michigan, 1990. 
  2. M. Mujeeb. Indian Muslims. McGill-Queen's University Press, 1967. 
  3. M. Mujeeb. The Indian Muslims, 1967. 
  4. K., Sharma, Praduman. Mughal architecture of Delhi : a study of mosques and tombs : (1556-1627 A.D.). Sundeep Prakashan, 2000 — 131-bet. ISBN 81-7574-094-9. OCLC 231968849. 
  5. „- Portrait of Shaykh Farid known as Murtaza Khan“ (en). www.rct.uk. Qaraldi: 2021-yil 22-iyul.
  6. Asher, Catherine B.. Architecture of Mughal India. Cambridge University Press, 1992-09-24 — 156-bet. DOI:10.1017/chol9780521267281. ISBN 978-0-521-26728-1. 
  7. Alfieri, Bianca Maria. Islamic Architecture of the Indian Subcontinent. Lawrence King Publishing, 2000 — 237-bet. ISBN 9781856691895. 
  8. „Faridabad | India“ (en). Encyclopedia Britannica. Qaraldi: 2021-yil 23-iyul.
  9. Asher, Catherine B.. Architecture of Mughal India. Cambridge University Press, 1992-09-24 — 136-bet. DOI:10.1017/chol9780521267281. ISBN 978-0-521-26728-1. 
  10. „Breaking journey - Indian Express“. archive.indianexpress.com. Qaraldi: 2021-yil 30-iyul.