Kontent qismiga oʻtish

Shayx Lutfulloh masjidi

Koordinatalari: 32°39′26″N 51°40′44″E / 32.65722°N 51.67889°E / 32.65722; 51.67889
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Shayx Lutfulloh masjidi
Shayx Lutfulloh masjidi
[[Tasvir:Sheikh Lotfallah Esfahan|260px|]]
Mamlakat  Eron
Hudud Isfahon
Shahar Isfahon
Meʼmorlar Bohouddin Al-Ameli va Muhammad Rizo Isfahoniy
Homiy Abbos I Safaviy
Binokorlik 1603-yil1619-yil
Umumiy maydoni 2500 m2

32°39′26″N 51°40′44″E / 32.65722°N 51.67889°E / 32.65722; 51.67889


Shayx Lutfulloh masjidi (forscha: مسجد شیخ لطف الله ‎ Masjed-e Šeyx Lotfollâh) – Isfahon shahridagi eng katta masjid. Erondagi va dunyodagi eng katta masjidlardan biri. Isfahon shahridagi Naqshi Jahon maydonining sharqida (Imom maydoni deb ham ataladi) joylashgan. Shayx Lutfulloh masjidi forslarning Isfahon maktabi meʼmorchiligining yorqin namunalaridan biri[1]. Erondagi, YuNESKOning Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan Naqshi Jahon maydonining bir qismi va uning hududida joylashgan meʼmoriy yodgorliklardan biri[2].

Masjid qurilishining tashabbuskori Safaviylar hukmdori Abbosshoh boʻlib, u 1598-yilda oʻz imperiyasining poytaxtini Qazvindan Isfahonga koʻchiradi va masjidni qurishga buyruq beradi. Masjid qurilishi 1603-yilda boshlanib, 1619-yilda qurib bitkazilgan. Bu Abbosshoh tashabbusi bilan Isfahondagi birinchi yirik qurilish loyihasi edi. Keyinchalik, ushbu masjid yonida, Naqshi Jahon maydonida, Isfahonning boshqa meʼmoriy durdonalari, xususan, Oliqopu saroyi va Imom masjidi (tarixiy nomlari Jome Abbos masjidi va Shoh masjidi) qurilgan. Shayx Lutfulloh masjidi va yuqorida tilga olingan binolar meʼmorlari Bahoudin Al-Amili va Muhammad Rizo Isfahoniylar edi[3].

Uning nomi dastabki paytlarida masjidning imom-xatibi boʻlgan Shayx Lutfulloh nomi bilan atalgan. Shayx Lutfulloh masjidi oʻzining ulugʻvorligi, rang-barang va naqshli bezaklari koʻpligi bilan ajralib turadi. U hozirgi kunda Eronda va dunyodagi eng goʻzal va mahobatli masjidlardan biri sanaladi. Masjid boshqalardan minoralarining yoʻqligi bilan ham ajralib turadi[4]]].

  1. Ferrier, R. W.; A Journey to Persia, Jean Chardinʼs Portrait of a Seventeenth-century Empire; p. 53, p.143
  2. M. Ferrante: 'La Mosquée de Šaiḥ Luṭfullah à Ispahan: Relevé planimétriqueʼ, Travaux de restauration de monuments historiques en Iran, ed. G. Zander (Rim, 1968), bet. 421–40
  3. Brend, Barbara. Islamic Art. Harvard University Press, 1991 — 153-bet. ISBN 0-674-46866-X. Qaraldi: 7-aprel 2012-yil. 
  4. Savory, Roger. Introduction to Islamic Civilisation, 10, Cambridge University Press, 1976 — 94-bet. ISBN 0-521-09948-X. Qaraldi: 7-aprel 2012-yil.