Kontent qismiga oʻtish

Shayx Poshoxoja bin Abdulvahhobxoja

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Avliyo

Ism

Shayx Poshoxoja bin Abdulvahhobxoja

Tavalludi

1480-yil

Vafoti

1547-yil

Falsafa maktabi


Shayx Poshoxoja bin Abdulvahhobxoja — (1480—1547) — alloma va avliyo. Poshoxoja bin Abdulvahhobxoja ulug’ shayx, shoir, shayxulislom, sadr, alloma, tarbiyachi bo’lgan. Poshoxoja ilmni otalari Abdulvahhobxojadan, ul kishi otalari Sulaymonxojadan, u kishi otalari Yahyoxojadan, u kishi otalari Horunxojadan, u kishi otalari Muhammadxojadan, u kishi o‘z otalari Shayx Sadrxojadan, u kishi otalari qutbul aqtob Hazrat Zangi Atodan o‘rganganlar[1]. Poshoxoja o‘g‘illari Hasanxoja Nisoriyga (1516—1597) deganlarki: „Kichik yoshimda Hazrat Muhammad sa.v.ni tushimda ko‘rdim. U zoti sharif muborak qo‘llarini ko‘ksimga qo‘yib dedilar: “Mashhur va buyuk bo‘lishni xohlaysanmi?” Mana shu tushning sharofatidan Shayx Poshoxoja ulug‘ martabalar egasi bo‘lib, bir necha muddat Balxda sadr, so‘ng shayxulislom vazifalarida xizmat qildilar. Shu munosabat bilan ushbu matlaʼni yozadilar: Garchi avval sadr aylab bizni badnom etdilar, Lutf etib oxir Hirida shayxulislom etdilar. Ularning mansabdan maqsadi xalqqa yaxshilik etmoq bo‘lgan. Shayx Poshoxoja “Miftohul adl”, “Gulzor”, “Maqsadul atvor” nomli kitoblar yozgan. Poshoxojaniig “Gulzor” asarlarida quyidagi ibratli voqea naql qilingan: “Sulton Sanjar Marv shahrida oliy bir bino qurishga kirishdi. Lekin ustunga munosib yog‘och topolmadi. Qidirib-qidirib bir xotinning hovlisidan ustunbop daraxt borligini aniqladilar. Sultonning odamlari borib: “Yog‘ochingni sotgin”, deb yalinib-yolvordilar, lekin ayol ko‘nmadi. Sultonning amri bilan xazinadan bir tovoq oltin va kumush tanga hamda zar chopon olib bordilar. Ularni xotinga berganlaridan so‘ng, xotin daraxtni kesishga ruxsat berdi. Daraxtni kesib olib ustun yasadilar. Ustun imoratga juda ham yarashdi. Sulton mamnun bo‘ldi va dedi: „Ustunga oltin suvi beringlar, ayvonni ham zarnigor qilinglar”. Imorat bitgandan keyin butun shahar ahli uni tamosho qilgani keldilar. Ular orasida zar chopon kiygan o‘sha daraxtning egasi ham bor edi. U sekin-sekin ustun yoniga borib dedi: “Ey, to‘g‘ri o‘sgan daraxt! To‘g‘riliging tufayli o‘zing ham tillopo‘sh bo‘lding, meni ham zaru oltinga o‘rading!” Shayx Poshoxoja ibn Abdulvahhobxoja tarixiy manbalarda yozilishicha, 1480-yil Niso shahrida tug‘ilganlar. Bu zoti sharif 1547-yil Buxoroda vafot qiladilar. Hazrat Poshoxojaning tabarruk qabrlari Hazrat Bahoiddin Naqshbandning qabrlari yonidadir[2].

  1. Yoʻldoshev N. Buxorodagi ayrim avliyolar tarixi. Buxoro: Buxoro nashriyoti, 1993 — 143-bet. 
  2. Sadriddin Salim Buxoriy. Buxoroning tabarruk ziyoratgohlari. Buxoro: Durdona nashriyoti, 2012 — 291-bet.