Kontent qismiga oʻtish

Shayx eshon jome masjidi

Koordinatalari: 41°0′4″N 71°41′14″E / 41.00111°N 71.68722°E / 41.00111; 71.68722
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Shayx eshon masjididan yoʻnaltirildi)
Masjid
Shayx eshon jome masjidi
Shayx Isʼhoq Eshon jome masjidi
Hudud Namangan
Manzil Namangan shahri
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Binokorlik 1910-yil1912-yil
Soʻngi imom Axunov Patxiddin
Minoralar balandligi 26 m
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik

41°0′4″N 71°41′14″E / 41.00111°N 71.68722°E / 41.00111; 71.68722

Shayx Eshon jome masjidi (toʻliq nomi Shayx Isʼhoq Eshon jome masjidi) – Namangan viloyati, Namangan shahri, Gʻishtkoʻprik qishlogʻida joylashgan masjid[1].

Masjidning qayta bunyod etilish tarixi 1910 – 1912-yillarga toʻgʻri keladi.

Masjid yon atrofidagi aholining kasbi pillachilik va toʻqimachilik boʻlgan. Shimol tomonida, yaʼni Namangansoyning yonida shaharning nufuzli qorilar tayyorlovchi madrasa, janub tomonida esa Muhammad Xoʻja Amin madrasa va jomeʼsi shuningdek, Bahodirxon eshon masjidi joylashgan.

Shoʻrolar davrining ilk paytida masjid teri maxsulotlari saqlanadigan joy – ombor sifatida foydalanilgan.

Oʻrta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx eshon Boboxon hazratlari tashabbusi bilan O‘rta Osiyo va Qozog‘iston hududida masjidlar ochiladi. Ana shu masjidlar qatorida „Shayx Is’hoq eshon“ jome masjidi ham faoliyat boshlaydi. Masjidga Shayx Ismoil Mahdum imom-xatiblik qiladi.

Namangan shahrida eʼtiborga molik boʻlgan ushbu masjidda Shayx Ismoil Mahdum Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari idorasi raisi oʻrinbosari vazifasiga tayinlanish davrigacha salohiyatli imomlar qatorida xizmat qilgan. Masjidning ibodat uchun ajratilgan yer maydonidagi binolar tarixiy, madaniy meros sifatida saqlanib kelgan.

Yuqoridagi xayrli va mas’uliyatli faoliyatlarning amaliy namunasi sifatida „Shayx Is’hoq eshon“ jome masjidi faollari saʼyi-harakatlari bilan qayta roʻyxatdan oʻtib, faoliyat koʻrsata boshladi[2].

Masjidning tashqi qismida 26 metrli ikki minora va darvozaxonalar qurib bitkazildi. Masjidning sharq tomonida joylashgan qadimiy hovuz hozirgacha saqlanib kelinmoqda. Uning yanada yaxshi saqlanishi uchun ustida shinam va sharqona uslubda gumbaz ham barpo etilgan[3][4].