Kontent qismiga oʻtish

Shayxontohur (daha)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shayxontohur - oʻtmishda Toshkentdagi daha nomi. Shaharning sharqiy qismida (hozirgi Shayxontohur tumani hududining bir qismi) joylashgan. Toshkentning 4 dahasidan biri. Daha - bu XVIII asrda 10 ta mahalladan tashkil topgan hududiy birlik. Sh. dahasining nomi XIV asrda yashagan Shayx Xovandi Tohur nomidan olingan. Sh. hudud jihatdan eng katta, shu bilan birga eng yosh daha hisoblangan. Shimoliy dan Sebzor (Jangob arigʻidan), jan. gʻarbdan Beshyogʻoch, gʻarb va shim. gʻarbdan Koʻkcha dahalari bilan chegaralangan. Yassaviya tariqati shayxlaridan Shayx Xovandi Tohur nomidan olingan. Sh. daqasi dastlab Shayx Xovandi Tohur meʼmoriy majmuasi (XV—XVI-asrlar) atrofida shakllana boshlagan. XVIII-asrning 80y.larida Yunusxoʻja hokimligi davrida Sh. dahasida yangi mudofaa devorlari bilan oʻralgan kichik oʻrda qurilgan. XIX asr boshida Qoʻqon xoni Olimxon Toshkentni egallagan paytda bu oʻrda buzilib, daha hududiga oʻtgan. Anqor kanali chap sohilida yangi oʻrda bunyod etilgan (XIX-asrning 30yilarida). Daha yerlari Anhordan bosh olgan ariqlardan sugʻorilgan. Toshkentning XIX asr oʻrtalaridagi 12 darvozasidan 3 tasi (Qoʻymas, Qoʻqon va Qashqar) Shayxontohur dahasida[1] joylashgan; 70 masjid, 3 Madrasa, koʻplab karvonsaroylar, tegirmonlar boʻlgan. Sh. 64 ta maqalladan tarkib topgan. Eski juva (Chorsu) bozorining bir qismi ham shahriga qaragan. Daha aholisi, asosan, degrezlik, egarchilik, gazmol toʻqish va boshqa; shahar atrofidagi Yalangʻoch, Qorasuv, Oqqoʻrgʻon, Darxon, Boʻz, Shoʻrtepa, Posira va boshqa mavzelarda joylashgan dala xrvlilarida esa dehqonchilik va bogʻdorchilik bilan shugʻullanganlar;



  1. Ўринбоев А., Бўриев О. Тошкент Муҳаммад Солиҳ тавсифида. – Тошкент, 1983.