Kontent qismiga oʻtish

Zelandiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Shellanndan yoʻnaltirildi)
Zelandiya
Geografiya
Maydoni 7031,3[1] km2
Dengiz sathidan balandligi m.
Ma'muriyat
Davlat Daniya
Demografiya
Aholisi 2 302 074
Qo'shimcha ma'lumot

Zelandiya, Shellann (dancha: Sjælland) — Boltiq dengizidagi eng katta orol, Daniya tarkibida. Maydon 7 ming km2 dan ziyod. Qirgʻoqlari, asosan, pasttekislik, qoʻltiq koʻp. Yer yuzasi bal. 126 m gacha boʻlgan sertepa tekislik, ohaktosh va gildan tashkil topgan. Koʻl koʻp (jumladan, Daniyadagi eng katta Arresyo koʻli). Qishloq xoʻjaligida yemxashak ekinlari, bugʻdoy, qand lavlagi ekiladi, sut chorvachiligi rivojlangan. Orol temir yoʻl paromlari orkali Fyun orol va Shvetsiya bilan bogʻlangan. Zelandiyaning sharqiy qismi va Amager orolda Daniya poytaxti — Kopengagen shahri joylashgan.[2]

  1. (unspecified title)
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil