Shelly oroli ( Chig'anoqli orol
Shelli oroli 2017-yil aprel oyida Shimoliy Karolinaning tashqi qirg'oqlarida qumli qirg'oq sifatida shakllana boshlagan qumli orol hisoblangan. Bu orol Shimoliy Karolina shtatining Bakston shahridagi Keyp-Poyntning uchida joylashgan bo'lib, Mariya to'foni o'tishi bilan orol sezilarli darajada qisqargan. Yarim oy shaklidagi bu orolning uzunligi taxminan bir mil va kengligi esa 500 ft (150 m) dan ortiq bo'lgan eng katta darajada hisoblanadi. Sohilda juda ko'p miqdordagi chig'anoqlar topilganligi sababli mahalliy aholi uni Shelli oroli deb atashgan.(Shell so'zi ingliz tilidan olinganda chig'anoq degan ma'noni beradi). 2018-yil boshida esa orol g'oyib bo'ldi.
Geografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Orol Hatteras orolidan bir necha yuz fut uzoqlikda joylashgan bo'lib, suv chuqurligi 5 ft (1.5 m) dan oshmasligi hisoblangan. . [1] Atrofdagi hudud esa Atlantika qabristoni deb ham ataladi. [2] [3] Bu hududda kichik quruqliklar tez-tez paydo bo'ladi va yo'q bo'lib ketishi kuzatilgan, ammo Shelli oroli o'zining kattaligi va shakllanish tezligi bilan juda ajralib turardi. [4] Orolning paydo bo'lishining asosiy sabablaridan biri bu, o'tgan qishda kuchli shimoli-sharqiy bo'ronlarning yo'qligi va odatdagidan ko'proq janubi-g'arbiy shamollar bo'lib, bu hududda qo'shimcha qum to'planishidan orol paydo bo'la boshlaydi. [5]
Orol alohidaligicha qolishiga qaramasdan, u Shimoliy Karolina shtatidagi Dare okrugi yurisdiktsiyasiga kiradi. Agar u Hatteras oroliga qo'shilish uchun etarlicha o'sgan hisoblansa, u federal yurisdiktsiyaga tushib, Hatteras milliy dengiz qirg'og'ining bir qismiga aylanishi mumkin bo'lgan bo'lar edi. [1] 2017-yil sentabr oyida tadbirkor Ken Barlou nomli shaxs yerga egalik qilishni so‘rab, orolga qarshi da’vo arizasi bilan chiqqan. [6] O'sha paytda mutaxassislar orol alohida er shakli sifatida to'liq yil davom etmasligi mumkinligi haqida ogohlantirgan. [4]
2017-yil 18-sentabr holatiga ko‘ra, Shelli oroli suv oqimi past bo‘lgan paytda quruqlikka ulangan va suv toshqin paytida orolni materikdan ajratishda davom eta boshlagan. [7] Keyingi bir necha hafta ichida esa orol va materik o'rtasidagi kanal yana chuqurlasha boshlagan. [6]
2017- yil sentyabr oyining oxirlarida, Mariya to'foni o'tgandan so'ng, Shimoliy Karolina orolning 70% ga qisqarganini, materikga eng yaqin qismi qayta biriktirilganini va quruqlikning kichik oval qismi dengizda bog'lanmaganligi haqida taxmin qilishgan. [6]
Landsat 8- orqali 2018-yil 16-fevralda olingan fotosuratlar orolning butunlay yo‘q bo‘lib ketganini va orolda qolgan qismlar esa Shimoliy Karolina shtatidagi Keyp-Poynt bilan birlashib ketganini ko‘rsatdi. [8]
Egalik da'vosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Virjiniya shtatining Mexaniksvill shahrida yashovchi tadbirkor va Ken Barlou 2017-yil 7-avgustda Dare okrugi daʼvolar reestrida rasmiylashtirilgan daʼvo arizasi orqali orolning qonuniy egasi ekanligi haqida daʼvo qilgan. [9] Barlou o'z da'vosini 2018-yil boshida orolning aniq g'oyib bo'lganiga qaramasdan, u yana bir bor tasdiqlagan. [10]
Ma'lumotnomalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Price, Mark. "So who owns that new island off North Carolina? It's likely not who you think", Charlotte Observer. July 7, 2017.
- ↑ Janice Williams. „How Are Islands Formed? New Mysterious Land Mass Appears off North Carolina“. Newsweek (2017-yil 30-iyun). Qaraldi: 2017-yil 2-iyul.
- ↑ „Shelly Island: The new beach off North Carolina's Outer Banks“ (en). Qaraldi: 2018-yil 18-sentyabr.
- ↑ 4,0 4,1 Welch, Craig. "New Island Appears Off Coast of North Carolina in Outer Banks", National Geographic. June 27, 2017.
- ↑ Kozak, Catherine. While a new island grew, southern Hatteras was shrinking. The Outer Banks Voice. November 1, 2017.
- ↑ 6,0 6,1 6,2 Price, Mark. "NC's mysterious new island does something mysterious again", Charlotte Observer. October 1, 2017.
- ↑ EndPlay. „No more Shelly Island? Outer Banks tract now connected to land“ (en-US). WSOC (2017-yil 18-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 18-sentyabr.
- ↑ „Shelly Island is no longer an island, NASA says“ (en-US). WWAY (2018-yil 9-mart). Qaraldi: 2018-yil 14-mart.
- ↑ With Hurricane Irma looming, thinking businessman files claim on NC's new island Retrieved March 15, 2018.
- ↑ Can you own a sunken island? Retrieved March 15, 2018.
35°12′48.558″N 75°31′40.565″W / 35.21348833°N 75.52793472°W