Kontent qismiga oʻtish

Sher Shoh Suri masjidi

Koordinatalari: 25°36′40″N 85°08′38″E / 25.611°N 85.144°E / 25.611; 85.144
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Sher Shoh Suri masjidi
Shershoh Suri masjidining panoramik koʻrinishi
Mamlakat  Hindiston
Shahar Patna
Koordinatalar 25°36′40″N 85°08′38″E / 25.611°N 85.144°E / 25.611; 85.144
Meʼmoriy uslub afgʻon meʼmorchiligi
Asoschi Shershoh Suriy
Binokorlik 15401545
Gumbazlar soni 5
Gumbazlar soni 5
Qurilish materiali Tosh

Shershoh Suri masjidi, shuningdek, Shershahi masjidi sifatida ham tanilgan, afgʻon meʼmorchiligi uslubining namunasi sifatida etirof etiladi. Shershoh Suriy bu masjidni 1540–1545-yillar oraligʻida oʻz hukmronlik davrini nishonlash maqsadida qurdirgan. U Purab Darvozaning janubi-gʻarbiy burchagida Dhavalpura yaqinida joylashgan[1].

Shershoh Suri masjidi 1545-yilda qurib bitkazilgan.

Arxitekturasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Afgʻon meʼmorchiligi uslubida qurilgan bu inshoot Hindistondagi koʻplab tarixiy masjidlardan biri hisoblanadi va Patna shahridagi diqqatga sazovor joydir. Masjid majmuasi ichida sakkiz qirrali tosh plitalar bilan qoplangan qabr mavjud. Ammo Shershoh Suri masjidining eng asosiy diqqatga sazovor joyi uning markaziy gumbazi boʻlib, u tomning oʻrtasida joylashgan va toʻrtta kichik gumbaz bilan oʻralgan. Ushbu dizaynning oʻziga xos tomoni shundaki, masjidga har qanday burchakdan qaralsa ham, faqatgina uchta gumbaz bordek koʻrinaveradi[1].

  1. 1,0 1,1 „Sershasurikimasjid“. 2009-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 19-sentyabr.