Sherali Turdiyev
Sherali Turdiyev — (1933, Zomin tumani — 2011, Toshkent) adabiyotshunos, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining muxbir aʼzosi (1969), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi (1993).
Sherali Turdiyev | |
---|---|
Tavalludi |
1933-yil Zomin tumani, Beshbuloq qishlogʻi |
Vafoti |
2011-yil, 18-mart Toshkent |
Mukofotlari | „Mehnat shuhrati“ ordeni |
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻrta Osiyo davlat universiteti (Hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti)ni tugatgan (1957). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutida ishlagan. XX asr boshi va 1920—1930 yillar oʻzbek adabiyotining Behbudiy, Qodiriy, Ziyo Said singari namoyondalari asarlarini toʻplash va nashr etishda faol qatnashgan.
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Oʻzbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligi bibliografiyasi“ (hammuallif, 1967), „Hayotbaxsh taʼsirlar“ (1977), „Oʻzbek adabiyotida kichik epik janrning shakllanishi“ (1978), „Adabiy hamkorliklar samarasi“ (1985) kabi kitob va risolalar muallifi.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Mehnat shuhrati“ ordeni bilan taqdirlangan (1999). U haqda „Fidoyi olim“ hujjatli filmi ishlangan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ XX asr Oʻzbek mumtoz adabiyotshunosligi. Toshkent: «Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi» [2016] — 226-bet.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |