Kontent qismiga oʻtish

Sheri kishvar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sheri kishvar - Turk xoqonligi shahzodalaridan El Arslon ismining forsiycha varianti. U xoqonlikning mashhur hukmdorlaridan Qorachurin (Tardu; 576—603) xoqonning toʻngʻich oʻgʻli boʻlib, Turk xoqonligining asoschilaridan biri Istami yabgʻuning (552—576) nevarasi boʻlgan. Narshaxiyning "Tarixi Buxoro" asarida yozilishicha, Abru qoʻzgʻolonini bostirgan va Buxoro vohasida 20 yil hukmronlik qilgan. Vohada bir qancha qishloqlar barpo etgan. Bir qator tadqiqotchilar fikricha, Sh. K. Buxoro vohasida 7—8-asrlarda hukm surgan turkiy sulolaning asoschisidir.

673 yil arablar istilosi paytida Buxoro vohasiga Bidun buxorduxot hukmdor boʻlgan. Tadqiqotchilar fikricha, Bidunning nasli Sh. K.ga borib taqalgan (Sh. Odilov).

  • Abu Bakr an-Narshaxiy, Buxoro tarixi, T., 1966.