Sherobod bekligi
Sherobod bekligi yoki Sherobod viloyati (oʻzbekcha: Sherobod bekligi / Sherobod viloyati ; tojikcha: Бекигарии Шеробод) — Buxoro amirligi tarkibidagi maʼmuriy birlik, yirik bekliklaridan biri hisoblangan. Buxoro amiri Muhammad Rahimxon tomonidan 1757-yilda tashkil qilinadi[1]. U asosan oʻz odamlarini maʼmuriy-siyosiy boshqaruvga oʻzining sodiq odamlarini qoʻyadi. Sherobod bekligi janubda Amudaryo sohillari hamda Qorakamar kechuvidan Pattakesargacha, sharqda Surxondaryoning oʻng qirgʻogʻi va Jarq’orgʻon qishlogʻini, shimoli-gʻarbda Istara arigʻi va Sherobod shahridan Tallak, Xoʻjai togʻlarining yon bagʻrilarigacha boʻlgan hududni oʻz ichiga olgan. Hozirgi hududi Oʻzbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyatida Sherobod tumanida joylashgan. Maʼmuriy markazi Sherobod shahri boʻlgan. Amlokdorlik Sherobod bekligi hududi oʻz ichiga oltitta amlokdorlikni olgan. Bular Tallashqon, Solihobod, Jarqoʻrgʻon, Gilambop, Saidobod nomlangan, hamda Sherobod shahrining atrofi ham alohida amlokdorlik hisoblangan. N. A. Mayevning maʼlumotlariga[2] koʻra amlokdorliklar beshta boʻlgan deb keltiriladi. XIX asr oxiri XX asr boshlariga kelib amlikdorlar soni yettitaga[3] oshadi. Sherobod bekligida 1885-1886 yillarda amir siyosatiga qarshi xalq norozichilik harakatlari boʻlib oʻtgan[4]. Asosiy sababi soliqlarning koʼpayib ketishi boʼlgan. Beklikdagi xususiy yer egaligi mulki hur yoki xolis deb atalgan. Bu yerlar amirga maʼlum xizmat koʼrsatgan yoki janglarda alohida jasorat koʼrsatgan shaxslarga berilgan. Sherobod bekligidagi Poshxurd, Maydon, Vandob, Sariq, Chigʼatoy qishloqlarida 100 botmon yerlar egalariga yorliqlar inʼom qilinib tarqatilgan. Suv islohoti 1912-yil 23-fevralda Buxoro amirligining Yer ishlari boʻyicha vaziri Mirza Nasrulloboy Qushbegi rus muhandisi A. G. Ananʼyevga Sherobod bekligiga tegishli boʻlgan yerlardan foydalanish haqidagi shartnomani imzolaydi. Shartnomaga koʻra 72000 desyatina yerning Qoraqamar, Beshqoʻton, Angor, Yangiariq, Amudaryo va Kattaqum hududlarida joylashgan ulushlari A. G. Ananʼyevga bepul foydalanish uchun taqdim qilinadi[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ S.Tursunov, A.Tursunov. M.Togʻayeva. Sherobod tarixidan lavhalar."Yangi nashr".Toshkent. 2014.B.356. 113 b.
- ↑ Materiali dlya statistiki Turkestanskogo kraya : Yejegodnik / Pod red. N. A. Maeva. Vip. 1 Materiali dlya statistiki Turkestanskogo kraya/ https://rusneb.ru/catalog/000199_000009_004461113/
- ↑ Djurabayev Dj. X. Buxarskiy emirat vo vtoroy polovine XVIII — pervoy polovine XIX vv. v pismennix istochnikax, https://www.dissercat.com/content/bukharskii-emirat-vo-vtoroi-polovine-xviii-pervoi-polovine-xix-vv-v-pismennykh-istochnikakh
- ↑ S.Tursunov, E.Qobilov, T.Pardayev, B.Murtazoyev. Surxondaryo tarixi."Sharq".Toshkent. 2004.B.608. 182 b.
- ↑ S.Tursunov, E.Qobilov, T.Pardayev, B.Murtazoyev. Surxondaryo tarix koʻzgusida."Sharq".Toshkent. 2001.B.384. 126 b.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Iskandarov B. I. I // Vostochnaya Buxara i Pamir vo vtoroy polovine XIX v. / Radjabov S. A.. — Dushanbe : AN Tadjikskoy SSR, 1962. — 357 p.
- Iskandarov B. I. II // Vostochnaya Buxara i Pamir vo vtoroy polovine XIX v. / Radjabov S. A.. — Dushanbe : AN Tadjikskoy SSR, 1963. — 352 p.