Sheroz qalʼa
Sheroz qalʼa | |
---|---|
Joylashuv | Samarqand |
Binokor | Amir Temur |
Material | Pishiq gʻisht |
Qurilish tamomlangan | XIV asr oxiri |
Xarita |
Sheroz qalʼa – Samarqand viloyati Bulungʻur tumanida joylashgan qal’a. Amir Temur tomonidan barpo etilgan[1].
Qal’ada soʻnggi yillarda arxeolog olimlar tomonidan qazishma ishlari olib borilyapti. Bu tarixiy hududdan „Buyuk ipak yoʻli“ ham oʻtgan. Xoʻja Hofiz Merosiy XV asrning ikkinchi yarmi, XVI asrning birinchi yarmida yashab, ijtimoiy-diniy va madaniy, badiy sohalarda ham faoliyat koʻrsatgan mashhur shoir, xattot, diniy davlat arbobi boʻlib, „Qur’oni karim“ni 7 xil qiroatda oʻqiy olgan dunyodagi 7 allomalardan biri sanalgan[2].
Ibn Arabshohning „Amir Temur tarixi“ kitobida ushbu qal’a barpo etilishi bilan bogʻliq quyidagi fikrlarni keltiriladi:
Amir Temur 1393-yil 22-avgustdan toki 1396-yil 18-iyulgacha Sulton Ahmadga qarshi bo‘lgan 3 yillik urushni tugatgach o‘z yurti– Samarqandga qaytadi. Shundan so'ng Temur Samarqanddan uning etaklariga chiqib, tevarak-atroflarida bir yerdan ikkinchi yerga ko‘chib yuradi. U Samarqand atrofida bir qancha joylar (Sultoniya, Sheroz, Bog‘dod, Damashq va Misr nomi bilan atalgan qishloqlar) qurib, ularni yuqoridagi kabi dunyodagi poytaxt shaharlar nomi bilan ataydi.
Sheroz qalʼa 1397-yil mart oyidan 1398-yil aprelgacha boʻlgan davrda bunyod etilgan. Uzoq davrdan buyon inshoot „Xoʻja Hofiz Merosiy“ deb atalib kelinayotgan ushbu qadamjo – Sheroz qal’asining tarixi keyingi vaqtlarda keng va atroflicha tahlil qilinmoqda.
Mirzo Ulugʻbekning „Toʻrt ulus tarixi“ asarida Sheroz qal’asi – Samarqandning sharq tarafida, undan 4 farsah (32 km.) uzoqlikda joylashgan Buzmojan qishlogʻi oʻrnida Amir Temur tomonidan bino qilinganligi aytiladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Bulung‘urda Sheroz qal’a qayta tiklanadi“. Qaraldi: 30-sentabr 2023-yil.
- ↑ „“ШЕРОЗ ҲАРБИЙ ҚАЛЪАСИ”“. 2023-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-sentabr 2023-yil.