Kontent qismiga oʻtish

Sherzodjon Yusupov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Sherzodjon Abdullayevich Yusupov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 10-oktyabr 1982-yil (1982-10-10) (42 yosh)
Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR
Sport
Qaysi sport Ogʻir atletikachi

Sherzodjon Abdullayevich Yusupov (1982-yil 10-oktyabr, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR ) — oʻzbek ogʻir atletikachisi, O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi. 2008-yilgi va 2012-yilgi Yozgi Olimpiya o‘yinlari, Jahon chempionatlari, Osiyo o‘yinlari va qit’a chempionatlari ishtirokchisi sanaladi.

Sport faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2006-yilda Dohadagi (Qatar) yozgi Osiyo o‘yinlarida u jami 315 kg natija yig‘a oladi, ammo sakkizinchi o‘rinni egalladi. Chirchiq shahrida og‘ir atletika bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston kubogida 77 kilogramm vazn toifasida 322 kilogramm natija ko‘rsatib, birinchi o‘ringa chiqadi[1]. 2007-yilda Chiangmay (Tailand) shahridagi og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida 77 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida jami 319 kilogramm natija bilan jahon bo‘yicha 28-o‘rinni egalladi[2][3] .

2008-yilda Pekindagi (Xitoy) Yozgi Olimpiada o‘yinlarida 77 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida siltab ko‘tarishda 144 kilogramm, dast ko‘tarishda esa 178 kilogramm va jami 322 kilogramm natija bilan atigi o‘n oltinchi o‘rinni tutadi[4] . Kanazavada (Yaponiya) og‘ir atletika bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida jami 314 kilogramm natija bilan beshinchi o‘rinni oladi.

London (Buyuk Britaniya) Yozgi Olimpiada o‘yinlarida 85 kg gacha bo‘lgan vazn toifasida siltab ko‘tarishda 155 kg, dast ko‘tarishda esa 195 kg va jami 350 kg natija bilan 8-o‘rinni qo‘lga kiritadi[5] .

  1. „Завершился розыгрыш Кубка Узбекистана по тяжелой атлетике“ (ru). UzReport.news. Qaraldi: 2021-yil 21-avgust.
  2. „Royal World Weightlifting Championships 2007“. web.archive.org (2007-yil 15-sentyabr). 2007-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-avgust.
  3. „International Weightlifting Federation (IWF.NET)“. web.archive.org (2011-yil 27-may). 2011-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-avgust.
  4. „Olympedia – Middleweight (≤77 kilograms), Men“. www.olympedia.org. Qaraldi: 2021-yil 21-avgust.
  5. „Участие тяжелоатлетов Узбекистана на Олимпийских играх“ (ru-RU). Национальный олимпийский комитет Узбекистана. Qaraldi: 2021-yil 21-avgust.[sayt ishlamaydi]