Kontent qismiga oʻtish

Sheviot

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Sheviot (ing. speuyu!) — jun tolalari yoki aralash tolalar (jun, paxta, viskoza tolasi va boshqalar) dan toʻqiladigan mayin, qalin, sal tukli gazlama. Sarjali oʻrilishda toʻqilgani uchun (qarang Oʻrilish) oʻngida mayda diagonal yoʻllar hosil boʻladi. Sh. sidirgʻa (asosan, toʻq) rangga boʻyalib ishlab chiqariladi. Undan kostyumlar, xizmat kiyimlari va maktab formalari tikiladi.