Shichepshin
Shichepshin (shikӏepshine, adig. shikӏepshine, kabard.-cherk. shikӏepshine, shi — „ot“ dan, kӏe — „dum“, pщin(e) — „musiqiy asbob“) — Adigen xalq torli kamonchali cholgʻu asbobi[1].
Urchuqsimon shakldagi oʻyma korpus (kengligi 80–170 mm), boʻyin (uzunligi 140–250 mm) va dumaloq bosh qismi yaxlit yogʻoch boʻlagidan (nok, joʻka, chinor va boshqalar) tayyorlanadi. Umumiy uzunligi 650–770 mm. Yupqa taxtadan yasalgan yuqori qopqoq qavs, nuqtalar, yuraklar shaklidagi rezonatorli teshiklarga ega, ot dumining tolalari bogʻlamidan eshib tayyorlangan 2-3 ta tor yogʻoch taglikdan oʻtadi, pastda korpusning quyi qismidagi teshiklardan oʻtkazilgan charm sim tutqichlariga bogʻlanadi, yuqorida bosh qismidagi vertikal qoziqqaga biriktiriladi. Boʻyin qismidagi torlar charm halqa bilan tutib turiladi, uning boʻyin boʻylab harakati tovushni oʻzgartiradi. Odatda torlar kvinta, kamdan-kam hollarda kvarta, tovush diapazoni ikki oktavagacha sozlanadi. Boʻgʻiq tovush hosil qiladi.
Biroz bukilgan va ulangan tutqichga (pishiq yogʻochdan yasalgan) ot dumining tolalar tutami tortib qoʻyiladi; ularning tarangligi tolali tutam va tutqich orasida 2-3 ta barmoq bilan oʻzgartiriladi.
Shichepshin chalinganda vertikal holda ushlab turiladi, korpusning pastki qismini tizzaga tiraladi.
Yakkaxon va xor boʻlib kuylashda, baʼzan kamil va pxachich bilan bir ansamblda ishlatiladi; Shichepshin ijrochisi odatda hikoyachi-xonanda boʻladi.
Shichepshin 19-asrning oxirigacha mashhur boʻlgan; undan asosan erkaklar kuy chalgan. Hozir kamdan-kam uchraydi[2]. en:Category:Alphabetical musical instruments
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „ШИЧЕПШИН — Музыкальные инструменты“ (ru). mus-instruments.ru. Qaraldi: 2018-yil 25-sentyabr.
- ↑ „Шичепшин (шикапшина) — музыкальный инструмент — история, фото, видео EOMI энциклопедия“ (ru). eomi.ru. 2021-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 25-sentyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Культура и быт адыгов. Адыгейский науч.-иссл. ин-т.
- Культура и быт колхозного крестьянства Адыгейской автономной области. Наука, 1964 — 184—185-bet.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |