Shifokorlar shaharchasi
Shifokorlar shaharchasi | |
---|---|
Oʻzbekiston Gerb | |
Mamlakat | O`zbekiston |
{{{tuman_turi}}} | Olmazor |
Shifokorlar shaharchasi — Toshkent shaharning shimoliy-gʻarbida, Olmazor tumani hududida joylashgan. Katta halqa yoʻli, Qoraqamish kanali, O.Xoʻjaev, Shifokorlar va Farobiy koʻchasilari oraligʻida. Beltepa, Olimpiya mavzelari, Beruniy va „Chig`atoy“ „Oqtepa“ mahallalari hamda Zangiota tumani bilan chegaradosh. Ilgari Toshkent viloyati Zangiota tumaniga qarashli jamoa xoʻjaligi yeri boʻlgan. Shifokorlar shaharchasini loyixalash ishlari 1969-yildan, qurilish ishlari 1970-yildan boshlangan. 1976-yil shaharchaning asosini tashkil etadigan Toshkent Tibbiyot Institutining yangi oʻquv korpusi ochilgan. Shaharchada Tibbiyot Akademiyasining klinikalari, turli ilmiy muzeylar, tugʻruqxonalar, tibbiyot kolleji va litseyi, talabalar yotoqxonasi, koʻp qavatli turar joy binolari, savdo va umumiy ovqatlanish maskanlari, „Qoraqamish“ dehqon bozorining „Shifokorlar“ shaxobchasi, aholiga madaniy xizmat koʻrsatish maskanlari, turli servis xizmatlari, poliklinika, dorixona, maktab va bogʻchalar joylashgan. Shaharning boshqa hududlari bilan bogʻlovchi keng jamoat transport vositalari xarakati qoʻyilgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.