Kontent qismiga oʻtish

Shigeru Ishiba

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Shigeru Ishiba
石破 茂

Ishiba 2024-yilda
Yaponiya bosh vaziri
Mansab davri
2024-yil 1-oktyabr
Monarx Naruhito
Oʻtmishdoshi Fumio Kishida
Liberal demokratik partiya prezidenti
Mansab davri
2024-yil 27-sentyabr
Vitse-prezident Yoshihide Suga
Oʻtmishdoshi Fumio Kishida
Bosh kotib

Hiroshi Moriyama

Vazirlik idoralari
Aholi sonining qisqarishini yengish va mahalliy iqtisodiyotni jonlantirish masalalari vaziri
Mansab davri
2014-yil 3-sentyabr – 2016-yil 3-avgust
Bosh vazir Shinzo Abe
Oʻtmishdoshi Lavozim taʼsis etilgan
Vorisi Kozo Yamamoto
Qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi vaziri
Mansab davri
2008-yil 24-sentyabr – 2009-yil 16-sentyabr
Bosh vazir Tarō Asō
Oʻtmishdoshi Seiichi Ota
Nobutaka Machimura (amaldagi)
Vorisi Hirotaka Akamatsu
Mudofaa vaziri
Mansab davri
2007-yil 26-sentyabr – 2008-yil 2-avgust
Bosh vazir Yasuo Fukuda
Oʻtmishdoshi Masahiko Kōmura
Vorisi Yoshimasa Hayashi
Yaponiya mudofaa agentligi bosh direktori
Mansab davri
2002-yil 30-sentyabr – 2004-yil 27-sentyabr
Bosh vazir Junichiro Koizumi
Oʻtmishdoshi Gen Nakatani
Vorisi Yoshinori Ohno
Yaponiya mudofaa agentligi bosh direktori oʻrinbosari
Mansab davri
2001-yil 6-yanvar – 2001-yil 26-aprel
Bosh vazir Yoshirō Mori
Oʻtmishdoshi Lavozim taʼsis etilgan
Vorisi Kyogon Hagiyama
Mudofaa boʻyicha parlament kotibi
Mansab davri
2000-yil 6-dekabr – 2001-yil 6-yanvar
Bosh vazir Yoshirō Mori
Oʻtmishdoshi Seiji Nakamura
Masataka Suzuki
Vorisi Lavozim tugatilgan
Qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi boʻyicha parlament kotibi
Mansab davri
2000-yil 4-iyul – 2000-yil 5-dekabr
Issui Miura bilan xizmat qilgan
Bosh vazir Yoshirō Mori
Oʻtmishdoshi Yoshio Yatsu
Katsutoshi Kaneda
Vorisi Toshikatsu Matsuoka
Naoki Tanaka
Mansab davri
1992-yil 26-dekabr – 1993-yil 21-iyun
Ryōtarō Sudo bilan xizmat qilgan
Bosh vazir Kiichi Miyazawa
Oʻtmishdoshi Koji Futada
Takao Jinnouchi
Vorisi Takehiko Endo
Siyosiy partiya idoralari
Liberal demokratik partiya bosh kotibi
Mansab davri
2012-yil 26-sentyabr – 2014-yil 3-sentyabr
Prezident Shinzo Abe
Oʻtmishdoshi Nobuteru Ishihara
Vorisi Sadakazu Tanigaki
Siyosiy tadqiqot kengashi raisi
Mansab davri
2009-yil 29-sentyabr – 2011-yil 30-sentyabr
Prezident Sadakazu Tanigaki
Oʻtmishdoshi Kosuke Hori
Vorisi

Toshimitsu Motegi

Vakillar palatasi aʼzosi
Mansab davri
1986-yil 8-iyul
Saylov okrugi
Ovoz berganlar 85,456 (68.2%)
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 4-fevral 1957-yil (1957-02-04) (67 yosh)
Chiyoda, Yaponiya
Siyosiy partiyasi Liberal demokratik (1986—1993; 1997–hozirgacha)
Boshqa siyosiy
birlashmalari
Nippon Kaigi[A]
Yaponiya yangilanish partiyasi
(1993–1994)
Yangi chegarachilar partiyasi
(1994–1996)
Mustaqil (1996–1997)
Turmush oʻrtogʻi
Yoshiko Nakamura (turm. 1983)
Bolalari 2 nafar
Otasi Jirō Ishiba [ja]
Taʼlim Keio Senior High School
Alma mater Keio University (LLB)
Imzosi
Vebsayti Official website
A. ^ Nippon Kaigi siyosiy partiya emas, balki nodavlat tashkilot va lobbichilik guruhidir.

Shigeru Ishiba (yaponcha: 石破 茂 1957-yil 4-fevralda tugʻilgan) Yaponiya bosh vaziri va 2024-yildan boshlab, Fumio Kishidadan keyin Liberal demokratik partiya prezidenti lavozimlarida ishlayotgan yapon siyosatchisi. 1986-yildan Vakillar palatasi aʼzosi boʻlib, 2007—2008-yillarda Mudofaa vaziri, 2008—2009-yillarda Qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi vaziri, 2012—2014-yillarda LDP bosh kotibi lavozimlarida ishlagan.

Ishiba siyosatchi oilasida tugʻilgan. Otasi Jiro Ishiba 1958-yildan 1974-yilgacha Tottori prefekturasi gubernatori lavozimida ishlagan. Keyinroq Ichki ishlar vaziri boʻlgan. Keio universitetini tugatgandan soʻng, Ishiba bankda ishlay boshlagan. Otasi vafotidan keyin esa siyosatga kirgan. LDP aʼzosi boʻlgan Ishiba 1986-yilgi umumiy saylovda, 29 yoshida Vakillar palatasiga saylangan.

Diet aʼzosi boʻlgan Ishiba qishloq xoʻjaligi va mudofaa siyosatiga ixtisoslashgan. Kiichi Miyazava boshchiligidagi hukumatda qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari lavozimida ishlagan. Biroq, 1993-yilda LDP aʼzoligidan chiqib, Yaponiyani yangilash partiyasiga qoʻshilgan. 1997-yilda bir nechta partiyalar aʼzoligidan soʻng, LDPga qaytgan Ishiba turli nufuzli lavozimlarni egalladi. Jumladan, Junichiro Koizumi hukumatida Mudofaa agentligi bosh direktori, Yasuo Fukuda hukumatida Mudofaa vaziri, Taro Aso hukumatida esa Qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi vaziri lavozimlarini egallagan.

Ishiba LDPning asosiy shaxslaridan biriga aylanib, bir necha bor partiya rahbarligi uchun kurashgan. Dastlab 2008-yilda beshinchi oʻrinni egallagan. 2012 va 2018-yilgi saylovlarda Sindzo Abega qarshi kurashgan. LDP fraksiyachiligini tanqid qilishiga qaramay, 2015-yilda oʻzining Suigetsukay fraksiyasini tuzib, yetakchilikni maqsad qilgan. Abe isteʼfoga chiqqanidan soʻng, Ishiba 2020-yilda nomzodini qoʻyib, Yoshihide Sugadan keyin uchinchi oʻrinni egallagan. Ishiba Fumio Kishida gʻalaba qozongan 2021-yilgi saylovda ishtirok etishdan bosh tortgan. Kishida 2024-yilda isteʼfoga chiqishini eʼlon qilgach, Ishiba beshinchi va oxirgi marta LDP prezidentlik saylovlarida qatnashib, ikkinchi turda Sanae Takaichini magʻlub etgach, partiyaning yangi rahbari va bosh vazir lavozimiga tayinlandi. Rasman 2024-yil 1-oktabrda Diet tomonidan Bosh vazir etib saylandi[1].

Ishiba oʻz partiyasini tanqid qilishga tayyorligi, shuningdek, ijtimoiy masalalarga nisbatan liberal pozitsiyasi tufayli siyosiy maverik sifatida obroʻ qozondi. 1993-yilda Miyazava kabinetiga nisbatan ishonchsizlik toʻgʻrisidagi taklifni qoʻllab-quvvatlab, ikkala hukumatida ham ishlagan boʻlsa-da, Abeni ikkinchi bosh vazirlik davrida tanqid qilgan[2].

Yoshlik davri

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. „Japan's Ishiba confirmed as prime minister, set to unveil cabinet“. Reuters (2024-yil 1-oktyabr). 2024-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 1-oktyabr.
  2. Semans, Himari. „Why is Shigeru Ishiba so unpopular among his LDP peers?“. The Japan Times (2024-yil 24-sentyabr). 2024-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 27-sentyabr.