Kontent qismiga oʻtish

Shihobiddin Umar as-Suhravardiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya


Shihobiddin Suhravardiy

Suhravardiy qalamiga mansub “Avorif al-maorif” asarining qo‘lyozmasi. Qohira, 1362.
Unvoni Shayx ul-Islom
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi 1145
Vafoti 1234
Bag‘dod
Dini Islom, Sunniy
Mazhab Sunni
Mashhur ish(lar)i Avorif al-Maorif
Boshqa nomlari Shahobiddin


Shihobiddin Abu Hafs Umar Suhravardiy (taxminan 1145 – 1234) fors so‘fiy va Abu Najib Suhravardiyning jiyani edi. U amakisi Abu Najib Suhravardiy tomonidan asos solingan so‘fiylik tariqatini kengaytirgan va uni rasmiylashtirishga erishgan shaxs hisoblanadi. Suhravardiy tasavvufda durdona asar sifatida e’tirof etiladigan “Avorif al-maorif”ning muallifidir[1] .

Suhravardiyning nasabi xalifa Abu Bakrga borib taqaladi. Suhravardiy yoshligidan fiqh, mantiq, ilohiyot, Qur’on va hadis ilmlarini o‘rgangan. U yoshligida shofeiy va hanbaliy mazhablarini puxta o‘zlashtirgan. Suhravardiy abbosiy xalifa Nosir tomonidan shayxulislom etib tayinlangan. [1]

“Avorif al-Maorif”

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Suhravardiy “Avorif al-maorif” asarini yozgan. “Avorif al-maorif” tezda butun musulmon olamida tasavvufga oid eng mashhur kitoblardan biriga aylangan[2]. Ushbu kitob Genri Uilberfors-Klark tomonidan ingliz tiliga tarjima qilingan va 1891 yilda “Darvesh darsligi” (A Dervish Textbook) nomi bilan nashr etilgan, ammo bu tarjima uchun asos bo‘lgan forscha matn noto‘g‘ri berilgan bo‘lishi mumkin[3]. Tarjima 1980-yilda Octagon Press tomonidan qayta nashr etilgan.

maqbara
  1. 1,0 1,1 Medieval Islamic Civilization: An Encyclopedia (2006), p. 775
  2. Medieval Islamic Civilization: An Encyclopedia (2006), p. 776
  3. Kars, Aydogan (2020-11-17). "An Earlier Copy of al-Suhrawardī's ʿAwārif al-Maʿārif and Its Scribe, Abū Ṭāhir al-Ḥanafī" (en). Religions 11 (11): 613. doi:10.3390/rel11110613. ISSN 2077-1444.