Kontent qismiga oʻtish

Shilvi (shaharcha)

Koordinatalari: 38°47′30″N 65°48′13″E / 38.79167°N 65.80361°E / 38.79167; 65.80361
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Shilvi
ruscha: Шилви
Shaharcha
38°47′30″N 65°48′13″E / 38.79167°N 65.80361°E / 38.79167; 65.80361
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Qashqadaryo viloyati
tuman Qarshi tumani
Qachondan beri shaharcha 2009
Vaqt mintaqasi UTC+5
Shilvi ruscha: Шилви xaritada
Shilvi ruscha: Шилви
Shilvi
ruscha: Шилви

Shilvi (ruscha: Шилви) — Oʻzbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Qarshi tumaniga qarashli shaharcha. 2009-yil 13-martda Vazirlar Mahkamasining 68-sonli qaroriga binoanshaharcha maqomi berilgan[1].

Etimologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mazkur hudud nomiga oʻsimlik, daraxt turini bildiruvchi soʻz asos qilib olingan. Shilvi bu xalq tilida uchqat deb nomlanuvchi koʻp yillik oʻsimlik. Uning xalq orasida duk choʻp (xushboʻy gulli oʻsimlik) singari nomi ham mavjud. Qirgʻiz tilida shilon bu aynan uchqat, ituzum oʻsimligini ifodalaydi. Shilvi oʻsimligi ayni shu hududda oʻsganligi va aynan shu manzilgoh uchun xos boʻlganligi sababli ham, shaharcha nomi Shilvi deb atalagan boʻlishi mumkin[2].

Oʻxshash joy nomlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi qishloq ham Shilvi nomi bilan ataladi.

Shilvi shaharchasi Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanining markazida, tuman markazi (Qarshi) va temiryoʻl bekatidan 6 km uzoqlikda joylashgan. Qarshi aeroportigacha eng yaqin masofa 4 km ni tashkil etadi. Shaharcha hududida Abdulla Ansori qabristoni, 36-sonli maktab joylashgan.

Aholini roʻyhatga olish maʼlumotlarida qayd etilishi, Shilvi shaharchasida 2013-yilda 2609 nafar, 2016-yil 1-yanvarda esa 2.7 ming nafar aholi istiqomat qilgan[3].

Aholining asosiy qismini oʻzbeklar tashkil etadi. Shuningdek, bu hududda boshqa millat vakillari ham istiqomat qiladi. Jumladan, qozoqlar, qirgʻizlar, qoraqalpoq va tojik millatiga mansub aholi.

Shilvi shaharchasining iqlimi kontinental boʻlib, qishi iliq kechadi. Yanvar oyining oʻrtacha harorati 0° C, 2° C, baʼzi kunlari hatto, —22°, —27° gacha sovuq boʻlishi mumkin. Yozi issiq boʻladi. Iyul oyining oʻrtacha harorati 28,8° C, eng yuqori harorat esa 47° C ni tashkil qiladi.

  1. POSTANOVLYeNIYe KABINYeTA MINISTROV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN 13.03.2009 g. N 68 O DOPOLNITYeLNIX MYeRAX PO SOVYeRShYeNSTVOVANIYu ADMINISTRATIVNO-TYeRRITORIALNOGO USTROYSTVA NASYeLYeNNIX PUNKTOV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN
  2. To'ra Nafasov. Qashqadaryo qishloqnomasi. Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2009-yil — 323-bet. ISBN 978-9943-354-60-9. 
  3. Soliyev A.S.; Tashtayeva S.K.; Egamberdiyeva M.M.. Shaharlar geografiyasi. Toshkent: Barkamol fayz media, 2018 — 149-bet. ISBN 978-9943-5519-4-7.