Kontent qismiga oʻtish

Shimoliy Alichur tizmasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shimoliy alichur tizmasi, Bozordara tizmasi — Pomirdagi togʻ tizmasi. Tojikiston Respublikasi Togʻli Badaxshon muxtor viloyatida. Gʻarbiy Pomirdagi Rushon tizmasining sharqiy davomi, asosan, kenglik boʻylab choʻzilgan. Uzunligi 130 km dan ziyod. Shim.dan Murgʻob daryosi oqadi. Yashilkoʻl koʻli bor. Oʻrtacha bal. 4500–5000 m. Eng baland joyi uning shim.gʻarbiy qismida (Sarel choʻqqisi — 5981 m), suvayirgʻich qismi qoyali, bal. 5500 m dan ziyod choʻqqnlar koʻtarilgan. Murgʻob va Alichur daryo vodiylarini bogʻlovchi bir qancha dovonlar: Marjonoy, Oqjilgʻa, Sharqiy Bozordara, Oqarxar, Boztere va boshqalar mavjud. Yon bagʻirlari tik, qoyali. Shim. yon bagʻri Murgʻob daryosining irmoqlari (Shoʻrbuloqsoy, Qorasuv, Boztere, Oqarxar, Bozordara va boshqalar), jan. yon bagʻri esa Alichur daryosining oʻng irmoqlari (Quloqkesti, Chalakkesti, Baxmaljilgʻa, Marjonoy va boshqalar) bilan chuqur kesilgan. Sh.Shimoliy Alichur tizmasi, asosan, granitoid, gilli slanets, qumtosh, ohaktoshlardan tashkil topgan. Shim. yon bagʻrida muzlik koʻp, ularning umumiy maydoni 316 km². Sh.Shimoliy Alichur tizmasida, asosan, qoyali va qurum toshli togʻ landshaftlari tarqalgan. Yon bagʻirlarining quyi qismida siyrak baland togʻchoʻl oʻsimliklari oʻsadi.[1]


  1. „Shimoliy Alichur tizmasi“ OʻzME. Sh-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil