Kontent qismiga oʻtish

Vyetnam Demokratik Respublikasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Shimoliy Vyetnamdan yoʻnaltirildi)
Vyetnam Demokratik Respublikasi
vyetnamcha: Việt Nam Dân Chủ Cộng Hòa
Shior“Độc lập – Tự do – Hạnh phúc”
“Mustaqillik — Ozodlik — Baxt”
Madhiya: Tiến Quân Ca
“Armiya marshi”
Location of Vyetnam Demokratik Respublikasi
Poytaxt Xanoy
Rasmiy til(lar) Vyetnam tili
Din
Ateizm
Etnoxoronim(lar) Shimoliy Vyetlar • Vyetlar
Hukumat Unitar
marksistik-leninistik bir partiyaviy
sotsialistik respublika (1954-yildan keyin)
Prezident  
• 1945–1969
Ho Shi Min
• 1969–1975
Ton Dik Thang
Bosh vazir  
• 1945–1955
Ho Shi Min
• 1955–1975
Fam Van Dong
Qonun chiqaruvchi hokimiyat Milliy majlis
Tarixiy era Ikkinchi jahon urushi oqibatlari/Sovuq urush
• Avgust inqilobi
1945-yil 19-avgust
• Bo Dining taxtdan voz kechishi
1945-yil 25-avgust
• Davlat deb eʼlon qilinishi
1945-yil 2-sentyabr
• Qonunchilik saylovi
1946-yil 6-yanvar
• Hindixitoy urushining boshlanishi
1946-yil 19-dekabr
• Jeneva konferensiyasi
1954-yil 22-iyul
• Vyetnam urushining boshlanishi
1955-yil 1-noyabr
• Ho Shi Minning vafoti
1969-yil 2-sentyabr
• Parij tinchlik kelishuvlari
1973-yil 27-yanvar
• Qayta birlashish
1975-yil 30-aprel
• Vyetnam Sotsialistik Respublikasi
1976-yil 2-iyul
Maydon
• Butun
157,880 (1968) km2
Aholi
• 1974-yilgi roʻyxat
23,800,000 kishi
YIM (XQT) 1960-yilgi taxminiy-yil roʻyxati
• Butun
4,113 million AQSh dollari
• Jon boshiga
51$
Pul birligi Dong
Avvalgi davlat
Keyingi davlat
1945:
Vyetnam Imperiyasi
1954
Fransuz Hindixitoyi
1946
Fransuz Hindixitoyi
1976
Vyetnam

Vyetnam Demokratik Respublikasi (vyetnamcha: Việt Nam Dân Chủ Cộng Hòa ; VDR, odatda „Shimoliy Vyetnam“ deb ham ataladi) – Hindixitoy yarim orolining shimoli-sharqiy qismiga joylashgan davlat. May- doni 157 ming kvadrat kilometr. Aholisi 15 million 903 ming kishi boʻlib, asosan vyetnamliklardan iboratdir. Poytaxti Xanoy shahri (aholisi 638 ming kishi).

Ikkinchi jahon urushining oxirigacha Vyetnam hududi Laos va Kambodja bilan birga Fransuz Hindixitoyi tarkibida edi.

Vyetnam xalqi oʻz milliy-ozodligi uchun uzoq vaqt kurash olib bordi. 1945-yilda xalq demokratik inqilobining gʻalabasi natijasida mustamlakachilar hokimiyati agʻdarilib, Vyetnam Demokratik Respublikasi eʼlon qilindi. 1946-yil dekabrida fransuz mustamlakachilari bu respublikaga qarshi bosqinchilik urushi boshladi. 1946-yildan 1954-yilgacha choʻzilgan bu uzoq urushda vyetnam xalqi oʻz demokratik davlat mustaqilligini saqlab qoldi. Biroq urush yillarida fransuz mustamlakachilari AQShning yordami bilan oʻzlari bosib olgan hududida qoʻgʻirchoq „Vetnam respublikasi“ni tuzdilar. Natijada Vyetnamda ikkita davlat Shimoliy Vyetnamda Demokratik Respublika, Janubiy Vyetnamda esa reaksion „Vetnam Respublikasi“ paydo boʻldi.

Vyetnam hududining katta qismini togʻlar, 1/3 qismidan koʻprogʻini esa oʻrmonlar ishgʻol qiladi. Vyetnamning iqlimi mamlakatning turli qismlarida turlichadir. Yil mavsumlari yogʻingarchilikning tushishiga qarab aniqlanadi. Qishda shimoli-sharqdan esgan musson shamollari koʻp yogʻingarchilik olib keladi.

Demokratik respublikaning vujudga kelishi mustaqil iqtisodiyotni tiklash va bu yoʻlda katta muvaffaqiyatlarga erishish imkonini yaratib berdi. Mamlakat iqtisodiyotida davlat-kooperativ, davlat-kapitalistik, xususiy-kapitalistik va mayda tovar sektorlari mavjud edi. 1959-yilda sanoat ishlab chiqarishining 81,7 foizi hamda sanoat va hunarmandchilik korxonalari ishlab chiqarishi yalpi mahsulot qiymatining 42 foizi davlat sektori hissasiga toʻgʻri kelgan.

Mamlakat iqtisodiyotining yetakchi tarmogʻi qishloq xoʻjaligidir. Don ekinlaridan sholi va makkajoʻxori ekiladi, texnika ekinlaridan shakarqamish, choy, kofe va kauchuk oʻstirildi. Shuningdek, paxta va yeryongʻogʻi ham ekildi.

1956-yilning oxirida butun Shimoliy Vyetnam hududida yer islohoti oʻtkazildi. Natijada 2 milliondan ortiq dehqon xoʻjaligi 895 ming gektar yerga ega boʻldi. Dehqon oilalarining 54 foizi (1960-yil) qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish kooperativlariga aʼzo boʻldi. Sugʻoriladigan yerlar 1,3 million gektarga yetdi. Bu esa Vyetnamda mustamlakachilik rejimi hukmron boʻlgan davrdagiga nisbatan uch marta koʻpdir.

Vyetnam Demokratik Respublikasi oldingi vaqtda aholi jon boshiga guruch yetishtirish va gektaridan olinayotgan sholi hosili jihatidan Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari orasida birinchi oʻrinda turar edi. 1956-yildan boshlab respublika guruchga boʻlgan oʻz ehtiyojini toʻla qondirgan holda, guruchni eksport qilib keldi. Respublika oldida turgan asosiy vazifalardan biri milliy sanoatni, birinchi galda ogʻir sanoatni vujudga keltirishdan iborat edi. Xalq xoʻjaligini rivojlantirishning 1958—1960-yillarga moʻljallangan uch yillik rejasiga muvofiq mamlakatda bir necha oʻn katta va oʻrta sanoat korxonalari qurilib ishga tushirildi. Milliy burjuaziyani davlat qurilishiga jalb qilish maqsadida VDR hukumati davlat-xususiy aralash korxonalarini tiklash siyosatini yurgizdi. Kapitalistlarning 45 foizi ana shunday tuzilmaga tortilgan.

Vyetnam Mehnatkashlar partiyasining 1960-yil sentyabrida boʻlib oʻtgan III syezdida 1961—1965-yillarga moʻljallangan birinchi besh yillik plan direktivalari qabul qilindi. Shu besh yillik ichida sotsialistik oʻzgarishlarni asosan tugallab, asosiy eʼtibor mamlakatda sotsialistik qurilishga qaratildi.

1965-yilga borib sanoatning va hunarmandchilik korxonalarining yalpi mahsuloti 1960-yildagiga nisbatan 148,8 foizi, qishloq xoʻjalik yalpi mahsuloti esa 1960-yildagi oʻrtacha miqdorga qaraganda 61 foiz koʻpaydi.

VDR tashqi savdosi muvaffaqiyatli ravishda oʻsib bordi, 1959-yilda eksportning hajmi 1958-yilga nisbatan 33,3 foiz, import esa 49 foiz koʻpaydi. Sotsialistik lager mamlakatlari bilan olib borilayotgan savdo mamlakatning butun tashqi savdo aylanmasining 70 foizini tashkil qildi.

Aholining madaniy darajasini koʻtarish yoʻlida katta qadam qoʻyildi. Hozirgi vaqtda mamlakatda 50 yoshgacha boʻlgan kishilarning 90 foizi savodli. 1956-yilda VDRda maktablar isloh qilinib, bepul oʻn yillik taʼlim tuzilmasi joriy etildi. Mamlakatda 7 oliy oʻquv yurti bor boʻlib, bularning eng yirigi Sovet Ittifoqi yordami bilan qurilgan Xanoy politexnika institutidir. Ikki mingdan koʻproq vyetnamlik student va aspirantlar sotsialistik mamlakatlarning oliy oʻquv yurtlarida taʼlim oldi.

Davlat tuzumi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

VDR sotsialistik turdagi xalq demokratik davlatdir. 1959-yil dekabrida qabul qilingan yangi konstitutsiyaga asosan Milliy majlis – davlat hokimiyatining oliy organi hisoblanadi. Milliy majlis rais, rais oʻrinbosari, davlat kotibi va aʼzolardan iborat boʻlib, doimiy Qoʻmitani saylaydi. Ijro etuvchi hokimiyat esa respublika prezidenti hamda Vazirlarlar Kengashi tomonidan amalga oshiriladi. Prezident Milliy majlis tomonidan 4 yil muddatga saylanadi. Milliy majlis prezidentning taqdimiga koʻra bosh vazirni tayinlaydi.

Siyosiy partiyalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vyetnam Mehnatkashlar partiyasi VDRning rahbar kuchidir; Demokratik partiya 1944-yilda tuzilib, ziyolilarning bir qismini, mayda burjuaziya, korxona egalari va savdogarlarni birlashtiradi; Vyetnam Vatan fronti 1955-yilda tuzilib, Mehnatkashlar partiyasi rahbarligida ish olib boradi va mamlakatdagi hamma siyosiy va jamoat tashkilotlarini oʻzida birlashtiradi. Shimoliy Vyetnamda sotsialistik qurilishni amalga oshirish va mamlakatning ikki qismini tinch yoʻl bilan birlashtirish uchun kurashdi[1].

  1. Sarvar Azimov. Jahondagi mamlakatlar. Qisqacha siyosiy va iqtisodiy maʼlumotlar (1962) — 145--bet.